Oliy Liga, 24-tur diskvalifikatsiyalari

25.10.2012

Oliy Liga, 24-tur diskvalifikatsiyalari

Oliy Liga 24-tur uchrashuvlarini 6 klubning 6 nafar futbolchisi diskvalifikatsiyalar sabab o`tkazib yuboradi.

25, 27-28 oktyabr kunlari, shuningdek, noyabr oyida O`zbekiston Oliy Ligasi 24-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi. Ushbu o`yinlarda, sariq kartochkalari soni to`rttaga etgani sabab, «Paxtakor», «Navbahor», «Dinamo», «Qizilqum», «Lokomotiv» va «Mash`al»ning jami olti nafar futbolchisi o`z jamoalarining asosiy tarkibida maydonga tusha olmadi.

Turni ochib beruvchi «Lokomotiv» va «Navbahor» jamoalari o`rtasidagi o`yinda har bir jamoadan bir nafardan o`yinchi maydonga tusha olmaydi. Poytaxtliklarda Zayniddin Tojiev 24-turni majburiy tarzda o`tkazib yuborsa, namanganliklar himoyachisi Temur Sultonovning yo`qligi toshkentlik temiryo`lchilarga qarshi o`yinda birmuncha sezilib qolishi mumkin.

27 oktyabr kuni «Metallurg»ga qarshi o`yinda «Qizilqum» tarkibida Alisher Samatov, «Buxoro»ga qarshi o`yinda «Mash`al» tarkibida jamoaning etakchi himoyachilaridan biri – Gabit Sapargaliev maydonga tusha olmaydi. 28 oktyabr kuni o`tkaziladigan «Paxtakor» – «Dinamo» o`yinida ham har bir jamoa tarkibidan bittadan o`yinchi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi: shu kuni yarim himoyachi Oybek Qilichev maydon egalariga yordam bera olmasa, samarqandliklar tarkibida asosiy hujumchilardan biri – Ro`zimboy Ahmedov maydonda harakat qila olmaydi.

Oliy Liga, 24-tur diskvalifikatsiyalari
Zayniddin Tojiev («Lokomotiv»)
Temur Sultonov («Navbahor»)
Alisher Samatov («Qizilqum»)
Gabit Sapargaliev («Mash`al»)
Oybek Qilichev («Paxtakor»)
Ro`zimboy Ahmedov («Dinamo»)

cola
apex
mib
mib
mib
mib