Oliy Liga, 24-tur: Legionerlarning gollari «Lokomotiv»ga g`alaba keltirdi

25.10.2012

Oliy Liga, 24-tur: Legionerlarning gollari «Lokomotiv»ga g`alaba keltirdi

O`zbekiston Oliy Ligasida 24-tur bahslari start oldi.

25 oktyabr kuni O`zbekiston Oliy Ligasida 24-tur uchrashuvlari start oldi. Turni Toshkentning «Lokomotiv» hamda Namanganning «Navbahor» jamoalari o`rtasidagi o`yin ochib berdi. «Lokomotiv» stadionida ta`mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan o`yin sanasi 27 oktyabrdan 24 oktyabrga, o`yin o`tadigan maydon esa «Paxtakor» stadioniga ko`chirilgan edi.

Uchrashuvning birinchi bo`limida «Lokomotiv»ning turkmanistonlik legioneri Maksim Kazankov, litvalik hujumchisi Arturas Fomenko hamda armanistonlik yarim himoyachisi Jora Oganesyan tomonidan urilgan gollar maydon egalariga 3:0 hisobidagi yirik g`alabani keltirdi. Ushbu g`alabadan so`ng toshkentlik temiryo`lchilar ochkolari sonini 43taga etkazib olishdi va 3-o`rinda borayotgan Qarshining «Nasaf» jamoasidan 2 ochkoga ortda qolishmoqda.

24-turning qolgan uchrashuvlari 27-28 oktyabr kunlari bo`lib o`tadi. Tur doirasidagi «Sho`rtan» hamda «Bunyodkor» jamoalari o`rtasidagi o`yin, Toshkent klubining Osiyo Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatli ishtiroki sabab, noyabr oyiga qoldirilgan.

Oliy Liga, 24-tur uchrashuvlari
25 oktyabr, payshanba
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Navbahor» (Namangan) 3:0 (3:0)
Gollar:
Maksim Kazankov (17), Arturos Fomenko (37), Jora Oganesyan (42).
Eng yaxshi o`yinchilar: P. Bugalo - D. Romanenko.
Toshkent. «Paxtakor» stadioni. 828 tomoshabin.

27 oktyabr, shanba
15:00. «Andijon» (Andijon) – «Olmaliq» (Olmaliq)
16:00. «Qizilqum» (Zarafshon) – «Metallurg» (Bekobod)
16:00. «Mash`al» (Muborak) – «Buxoro» (Buxoro)

28 oktyabr, yakshanba
15:00. «Neftchi» (Farg`ona) – «Nasaf» (Qarshi)
16:00. «Paxtakor» (Toshkent) – «Dinamo» (Samarqand)

5-6 noyabr
«Sho`rtan» (G`uzor) – «Bunyodkor» (Toshkent)

Jamoa O`yin Ochko G`alaba Durang Mag`lubiyat U-G O`-G To`plar nisbati
1 Paxtakor 23 50  15 5 3 42 15 27
2 Bunyodkor 23 48  14 6 3 36 16 20
3 Nasaf 23 45  13 6 4 35 17 18
4 Lokomotiv 24 43  12 7 5 37 21 16
5 Sho`rtan 23 39  12 3 8 36 27 9
6 Neftchi 23 33  9 6 8 32 25 7
7 Buxoro 23 31  9 4 10 21 26 -5
8 Olmaliq 23 28  8 4 11 33 38 -5
9 Dinamo 23 26  8 2 13 24 25 -1
10 Qizilqum 23 25  6 7 10 21 37 -16
11 Metallurg 23 24  7 3 13 27 42 -15
12 Navbahor 24 24  6 6 12 17 32 -15
13 Mash`al 23 22  6 4 13 18 38 -20
14 Andijon 23 15  4 3 16 24 44 -20

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib