Yoshlar Birinchiligining 24-turidan o`rin olgan ilk uchrashuv gollarga juda boy bo`ldi. O`z maydonida Namanganning «Navbahor» klubini qabul qilgan Toshkentning «Lokomotiv» klubi juda qiziqarli va murosasiz kechgan uchrashuvda 4:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
24-tur. 24 oktyabr
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Navbahor» (Namangan) – 4:5. 24 tomoshabin.
Hakamlar: A. Rahimov (Andijon), F. Yormuhamedov, U. Oxunjonov, O. To`ychiboev.
Nazoratchi: R. Mo`minov (Toshkent).
Gollar: S. Usmonxo`jaev (18), A. Nomanov (62), B. Tillaboev (80), N. Odilov (90+1) – A. Abdullaev (12), M. Rahmonov (16, penalti, 35), D. Isoqov (46), S. Vohidov (75).
Ogohlantirishlar: S. Ahmadkarimov (15), I. Aliboev (23), I. Magdeev (53), S. Usmonxo`jaev (73) – K. Qo`chqorov (39), E. Nizomboev (72), S. Vohidov (79).