«Paxtakor» OChL-2012 finalini qabul qilishi mumkin

23.10.2012

«Paxtakor» OChL-2012 finalini qabul qilishi mumkin

2012 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi final uchrashuvi o`tkazilishi mumkin bo`lgan stadionlar nomi bo`ldi.

2012 yilning 10 noyabr kuni Osiyo Chempionlar Ligasi g`olibi nomi ma`lum bo`ladi. OFK final uchrashuvi o`tkazilishi mumkin bo`lgan stadionlarni aniqladi.

Unga ko`ra, agar Toshkentning «Bunyodkor» klubi Osiyo Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatli yurishini davom ettirib, musobaqa yarim finalida Janubiy Koreyaning «Ulsan Xyunday» klubini mag`lubiyatga uchrata olsa, 2012 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi final uchrashuvi Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida o`tkaziladi. O`yin Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

Eslatib o`tamiz, Toshkentning «Bunyodkor» klubi shu vaqtgacha OChL doirasidagi raqiblarini Toshkentdagi «Jar» stadionida qabul qilib kelayotgan edi. Jumladan, 24 oktyabr kuni OChL-2012 yarim finali doirasidagi Janubiy Koreyaning «Ulsan Xyunday» jamoasiga qarshi o`yin ham «Jar»da o`tkaziladi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib