Oliy Liga-2012 bahslari 7 noyabr emas, 21 noyabr kuni yakuniga etadi.
OChL-2012 bahslarida Toshkentning «Bunyodkor» klubi muvaffaqiyatli ishtiroki, shuningdek, O`zbekiston milliy terma jamoasining JCh-2014 saralashi doirasidagi Eron terma jamoasiga qarshi o`yinga yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko`rishi maqsadida, O`zbekiston chempionati taqvimida quyidagi o`zgarishlar amalga oshirildi:
1. Oliy Liganing 24-turidan o`rin olgan «Sho`rtan» – «Bunyodkor» uchrashuvi 28 oktyabrdan 5-6 noyabrga qoldirildi.
2. Oliy Liga 25-tur uchrashuvlari 2 noyabrdan 17 noyabrga, 26-tur uchrashuvlari 7 noyabrdan 21 noyabrga ko`chirildi.
3. 25- va 26-turning barcha uchrashuvlari 14:00da boshlanadi.