Oliy Liga. 23-tur. «Paxtakor» Qarshida g`alaba qozondi

19.10.2012

Oliy Liga. 23-tur. «Paxtakor» Qarshida g`alaba qozondi

Oliy Liga 23-turidan o`rin olgan etti uchrashuvdan oltitasi yakuniga etdi.

19 oktyabr kuni O`zbekiston Oliy Ligasida 23-tur uchrashuvlari start oldi. Shu kuni tur doirasida belgilangan etti uchrashuvdan oltitasi bo`lib o`tdi.

Turning markaziy o`yini Qarshida, mahalliy «Nasaf» hamda Toshkentning «Paxtakor» jamoalari o`rtasida bo`lib o`tdi. Unda mehmonlar 2:0 hisobida g`alaba qozonishdi. «Paxtakor»ni izma-iz ta`qib etayotgan Toshkentning boshqa bir klubi – «Bunyodkor» esa o`z maydonida «Navbahor»ni mag`lubiyatga uchratdi.

23-turning so`nggi uchrashuvi 20 oktyabr kuni bo`lib o`tadi. Shu kuni «Olmaliq» jamoasi o`z maydonida musobaqa autsayderlaridan biri – Muborakning «Mash`al» jamoasini qabul qiladi.

Oliy Liga, 23-tur uchrashuvlari
19 oktyabr, juma

«Nasaf» (Qarshi) – «Paxtakor» (Toshkent) 0:2 (0:2)
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Navbahor» (Namangan) 1:0 (0:0)
«Neftchi» (Farg`ona) – «Lokomotiv» (Toshkent) 1:1 (1:0)
«Metallurg» (Bekobod) – «Sho`rtan» (G`uzor) 4:0 (2:0)
«Dinamo» (Samarqand) – «Andijon» (Andijon) 3:0 (2:0)
«Buxoro» (Buxoro) – «Qizilqum» (Zarafshon) 1:0 (1:0)

20 oktyabr
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Mash`al» (Muborak)

Jamoa O`yin Ochko G`alaba Durang Mag`lubiyat U-G O`-G To`plar nisbati
1 Paxtakor 23 50  15 5 3 42 15 27
2 Bunyodkor 23 48  14 6 3 36 16 20
3 Nasaf 23 45  13 6 4 35 17 18
4 Lokomotiv 23 40  11 7 5 34 21 13
5 Sho`rtan 23 39  12 3 8 36 27 9
6 Neftchi 23 33  9 6 8 32 25 7
7 Buxoro 23 31  9 4 10 21 26 -5
8 Dinamo 23 26  8 2 13 24 25 -1
9 Olmaliq 22 25  7 4 11 29 38 -9
10 Qizilqum 23 25  6 7 10 21 37 -16
11 Navbahor 23 24  6 6 11 17 29 -12
12 Metallurg 23 24  7 3 13 27 42 -15
13 Mash`al 22 22  6 4 12 18 34 -16
14 Andijon 23 15  4 3 16 24 44 -20

cola
apex
mib
mib
mib
mib