PFL bosh direktori futbol meditsinasiga bag`ishlangan seminarda ishtirok etdi

12.10.2012

PFL bosh direktori futbol meditsinasiga bag`ishlangan seminarda ishtirok etdi

O`zbekiston Professional Futbol Ligasi bosh direktori Farxod Magometov O`FF, «FUTBOL MED» sho``ba korxonasi hamda «Medexport Italia» - Italiyaning O`zbekistondagi Konsortsiumi tomonidan tashkil etilgan ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etdi.

PFL bosh direktori seminarda so`zga chiqib, hozirgi kunda sport meditsinasining professional futbolda juda muhim rol tutishini ta`qidlab o`tdi. Shuningdek, O`zbekiston Oliy Ligasi hamda O`zbekiston Birinchiligida faoliyat ko`rsatayotgan meditsina korpusi vakillariga bu masalaga yanada ko`proq hamda kengroq e`tibor berish lozimligini aytib o`tdi.

Mazkur seminarda quyidagi mavzularda ma`ruzalar o`qildi.
1. «Futbolda jarohatlar profilaktikasi»
2. «Sportchilarning jismoniy hamda funktsional holati»
3. «Sportchilarning elektrokardiografik holati»

4. «Tasodifan yurak to`xtashi hamda futboldagi o`lim holatlari»  

cola
apex
mib
mib
mib
mib