O`zbekiston Oliy Ligasining 22-turidan o`rin olgan «Lokomotiv» hamda «Bunyodkor» klublari o`rtasidagi bahsda yuzaga kelgan holat uchun PFL tartib-intizom qo`mitasi tomonidan ikkala klub ham jarimaga tortildi.
PFL musobaqalarni o`tkazish reglamentining 5-modda, 4-bo`lim 5.52-bandini buzganligi uchun, shuningdek 5-modda, 1-bo`lim, 5.4-bandiga asosan, «Bunyodkor» PFK jarimaga tortildi.
PFL musobaqalarni o`tkazish reglamentining 5-modda, 4- bo`lim, 5.52-bandini buzganligi uchun, shuningdek, 5-modda, 1-bo`lim, 5.9 bandiga asosan «Lokomotiv» PFK jarimaga tortildi.