«Yangier» yana jarimaga tortildi

09.10.2012

«Yangier» yana jarimaga tortildi

O`tgan hafta PFL tartib-intzom qo`mitasi tomonidan jazolangan «Yangier klubi yana bir bora jarimaga tortildi.

«G`allakor-Avtomobilchi» klubiga qarshi kechgan uchrashuvda reglamentning 4-bob, 4.26-bandiga binoan «Yangier» klubiga texnik mag`lubiyat yozilgandi. «Yangier» jamoasi «Zarafshon-PFK» klubiga qarshi kechgan va 1:1 hisobida yakunlangan O`bzekiston Birinchiligining 11-tur uchrashuvida PFL reglamentining 4-bob, 4.16-bandini buzganligi, yana yosh futbolchilarga nisbatan qo`llaniladigan cheklov qoidasini buzgani uchun yana bir marotaba jarimaga tortildi.

Tartib-intizom qo`mitasi qaroriga ko`ra «Yangier» klubiga texnik mag`lubiyat yozildi. «Zarafshon-PFK» klubiga esa, texnik g`alaba yozilgan. O`zbekiston Birinchiligi 11-turida o`tkazilgan «Zarafshon-PFK» - «Yangier» uchrashuvida qayd etilgan hisob (1:1) bekor qilindi. Uchrashuvdagi ogohlantirishlar o`z kuchida qoldirildi.

Shuningdek. 5-bob 5.22-bandiga asosan «Yangier» klubi jarimaga tortildi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib