Oliy Liga 22-turining eng markaziy uchrashuvida Toshkentning «Lokomotiv» klubi amaldagi mamlakat chempioni hisoblangan «Bunyodkor»ni mag`lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq o`z darvozasidan to`p olib chiqqan «Lokomotiv», ikkinchi bo`limda «Bunyokdor» darvozasini uch marotaba ishg`ol etib, irodali g`alabaga erishdi.
Uchrashuv «Bunyodkor» uchun juda omadli tarzda boshlangandi. 3-daqiqadayoq burchakdan oshirilgan to`pni jamoa sardori Viktor Karpenko boshi bilan Bugalo qo`riqlayotgan darvozaga joylab qo`ydi - 0:1. Birinchi bo`limda boshqa hisob o`zgarmadi.
Ikkinchi bo`limning 73-daqiqasida ketma-ket hujumlardan keyin «Lokomotiv» hisobni tenglashtirishga erishdi. Akmal Holmatov qanotdan etkazilgan to`pni golga aylantirdi. Shundan keyin maydondagi ustunlikni o`z qo`liga olgan «Lokomotiv» «Bunyodkor» darvozasini ketma-ket ikki bora ishg`ol qilishga erishdi. Zahiradan maydonga tushirilgan A.Fomenko uchrashuvning tom ma`nodagi qahramonlaridan biriga aylandi. Aynan uning 84 hamda 88-daqiqalarda «Bunyodkor» darvozasiga kiritgan ikki goli «Lokomotiv» uchun juda muhim g`alabani taqdim etdi. Qayd etib o`tish joiz, A. Fomenko birinchi davrada ham «Bunyodkor» darvozasini ikki bora ishg`ol etgandi. O`shanda hujumchi Namanganning «Navbahor» jamoasi tarkibida to`p surgan edi.
Ushbu mag`lubiyat shu paytgacha musobaqa jadvalida peshqadamlik qilib kelgan «Bunyodkor»ning turnir jadvalida uchinchi pog`onaga tushib ketishiga sabab bo`ldi. Musobaqa jadvalidagi peshqadamlikni esa, Toshkentning «Paxtakor» klubi o`z qo`liga oldi.
Lokomotiv» (Toshkent) – «Bunyodkor» (Toshkent) - 3:1. 3812 tomoshabin
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), O. To`ychiboev (Farg`ona).
Ogohlantirishlar: Sahob Jo`raev 20, Anvar G`ofurov 34, Jora Oganesyan 74,
Nazoratchi: V. Shtern (Toshkent).
Gollar: A.Holmatov (73), A.Fomenko (84, 88) - V. Karpenko (3)
Ogohlantirishlar: J.Oganesyan 75 - S.Jo`raev (20), A.G`ofurov (32), L.To`raev (86)
22-Turdan keyin turnir jadvalidagi holat
|