Oliy Liga 22-tur. «Sho`rtan» o`z maydonida «Buxoro»ga mag`lub bo`ldi

06.10.2012

Oliy Liga 22-tur. «Sho`rtan» o`z maydonida «Buxoro»ga mag`lub bo`ldi

6 oktyabr kuni O`zbekiston Oliy Ligasining 22-turidan o`rin olgan yana uchta bahs o`tkazildi. Turning eng kutilmagan natijasi G`uzorda qayd etilib, unda yuqori o`rinlar uchun kurash olib borayotgan «Sho`rtan» «Buxoro» klubiga minimal hisobda imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuv g`uzorliklarning tashabbusi ostida kechgan bo`lsa-da, uchrashuv yakuniga etib borayotgan bi r paytda Sh.Sulaymonov «Buxoro»ga g`alaba olib kelgan gol muallifiga aylandi.

Qolgan ikki uchrashuv esa, mezbonlar g`alabasi bilan yakun topdi. Namanganda «Navbahor», qiyinchilik bilan «Metallurg» ustidan g`alaba qozongan bo`lsa, «Qizilqum» o`z maydonida «Olmaliq» ustidan zafar quchdi.

Oliy Liga 22-tur. 6 oktyabr (Shanba)

«Navbahor» (Namangan) – «Metallurg» (Bekobod) – 1:0
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), R. Shoyaxmetov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent).
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Gollar: C.Hamidov 79.

«Sho`rtan» (G`uzor) – «Buxoro» (Buxoro) - 0:1
Hakamlar: B. Tog`aev (Toshkent), A. Tsapenko (Tosh.vil.), O. Dachev (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent).
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
Gol: Sh.Sulaymonov (85)

«Qizilqum» (Zarafshon) – «Olmaliq» (Olmaliq) - 2:1
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), A. Qo`ldoshev (Buxoro), M. Sharipov (Buxoro), T. Galeev (Urganch).
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
Gollar: A.Holiqov (39), G`.O`runov (65) – Z.Polvonov (43).

8 oktyabr (Dushanba)
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Bunyodkor» (Toshkent)

Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), D. Saidov (Toshkent), O. Tuychiboev (Farg`ona).
Nazoratchi: V. Shtern (Toshkent).

 

6 oktyabr holatiga turnir jadvalidagi holat