5 oktyabr kuni O`zbekiston Oliy Ligasi 22-tur uchrashuvlariga start berildi. Bugun yakuniga etgan uchrashuvlardan so`ng turnir jadvalida bir qator o`zgarishlar yuzaga keldi.
Turning markaziy uchrashuvlaridan birida Farg`onaning «Neftchi» klubini mag`lubiyatga uchratgan «Paxtakor» yana turnir jadvalidagi peshqadamlikni o`z qo`liga oldi. Uchrashuvning birinchi bo`limida ikki tezkor gol kiritgan «Paxtakor» uchrashuvda 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Ikkinchi bo`lim o`rtalarida esa, «Paxtakor» hisobni yirik ko`rinishga olib keldi - 3:0. Uchrashuvning 70-daqiqasida mehmonlar penalti tepish huquqiga ega bo`ldilar, ammo undan foydalana olmadilar. Oliy Liga to`purarlari jadvalida peshqadamlik qilayotgan «Neftchi»ning tajribali hujumchisi Anvar Berdiev «Paxtakor» darvozabonini alday olmadi. Uchrashuvning qolgan daqiqalarida mezbonlar tashabbusni qo`ldan boy bermadilar va g`alaba qozondilar. Ushbu g`alaba «Paxtakor»ga turnir jadvalida «Bunyodkor»ni quvib o`tish imkonini berdi. Turnir jadvalida peshqadamlik qilib kelgan «Bunyodkor» 8 oktyabr kuni «Lokomotiv» mehmoni bo`ladi.
Muborakda «Mash`al» Samarqandning «Dinamo»sini qabul qildi va juda muhim g`alabaga erishdi. Birinchi bo`limda S. Shodmonov, ikkinchi bo`lim yakunida esa P.Solominlar tomonidan kiritilgan gollar «Mash`al»ga turnir jadvalidagi o`rnini biroz yaxshilab olishiga imkon yaratdi.
Turning eng qiziqarli va gollarga boy uchrashuvi Andijonda bo`lib o`tdi. «Andijon» hamda «Nasaf» jamoalari o`rtasidagi uchrashuv juda asabiy va keskin kurashlarga boy bo`ldi. Dastlab, andijonliklar birinchi bo`lim o`rtalarida ikki gol kiritib, 2:0 hisobida oldinga chiqib olgan edilar. Ammo, «Nasaf» birinchi bo`limning o`zidayoq hisobni tengashtirishga erishdi. Ikkinchi bo`lim esa, birinchisidan-da ancha qiziqarli kechdi. Bu safar «Nasaf» ikki gol kiritib hisobni 2:4 ko`rinishiga olib keldi. Uchrashuv yakunida mezbonlar bitta javob to`pini kiritishga muvaffaq bo`ldilar va hisobni qisqartirdilar. Ammo, uchrashuv yakunigacha boshqa gol urish ikkala jamoaga ham nasib qilmadi. Shu tariqa, gollarga boy uchrashuvda «Nasaf» g`alabaga erishdi.
Turning yana uchta uchrashuvi 6 oktyabr kuni bo`lib o`tsa, yana bir uchrashuv 8 oktyabr kuni bo`lib o`tadi.
22-tur. 5 oktyabr. Juma.
«Andijon» (Andijon) – «Nasaf» (Qarshi) - 3:4. 3821 tomoshabin
Hakamlar: H. Ro`ziev (Toshkent), A. Snetkov (Tosh.vil.), X. Mirzaahmedov (Tosh.vil.), R. Kopadze (Farg`ona).
Nazortachi: G`. Imomov (Toshkent).
Gollar: A.To`xtasinov (21), D.Tursunov (33), A.Jo`raboev (88) - A. Gevorkyan (40, 84), V.Shisheov (45), J.Jiyamurodov (64)
Ogohlantirishlar: D. Tursunov (78) – E. Boydullaev (55), F. Musaev (57), Sh. Gadoev (90+2).
Eng yaxshi o`yinchilar: Yu. Tsoy – A. Gevorkyan.
«Mash`al» (Muborak) – «Dinamo» (Samarqand) - 2:0. 3127 tomoshabin
Hakamlar: S. Zaylobidinov (Farg`ona), R. Serazetdinov (Toshkent), T. Abdullaev (Toshkent), A. Kenjaev (Navoiy).
Nazoratchi: R. Mo`minov (Toshkent).
Gollar: S.Shodmonov (33), P.Solomin (90+1)
Ogohlantirishlar: D. Vaniev (56), I. Petkovich (70) – A. Riskullaev (40), V. Pochuev 94
Eng yaxshi o`yinchilar: P. Solomin – A. Xvostunov.
«Paxtakor» (Toshkent) – «Neftchi» (Farg`ona) - 3:0. 8263 tomoshabin
Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), A. Mironov (Toshkent), F. Hasanov (Namangan), A. Rahimov (Andijon).
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
Gollar: T.Abduholiqov (3, 58), K. Maxaradze (12)
Ogohlantirishlar: D. Xoshimov (44), I. Suyunov (68), E. Krimets (90+3) – F. Holmurodov (14), O. Nurboev (40), A. Alijonov (53).
Eng yaxshi o`yinchilar: K. Maxaradze – M. Saidov.
6 oktyabr. Shanba
«Navbahor» (Namangan) – «Metallurg» (Bekobod)
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), R. Shoyaxmetov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent).
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
«Sho`rtan» (G`uzor) – «Buxoro» (Buxoro)
Hakamlar: B. Tog`aev (Toshkent), A. Tsapenko (Tosh.vil.), O. Dachev (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent).
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
«Qizilqum» (Zarafshon) – «Olmaliq» (Olmaliq)
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), A. Qo`ldoshev (Buxoro), M. Sharipov (Buxoro), T. Galeev (Urganch).
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
8 oktyabr. Dushanba
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Bunyodkor» (Toshkent)
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), D. Saidov (Toshkent), O. Tuychiboev (Farg`ona).
Nazoratchi: V. Shtern (Toshkent).
5 oktyabr holatiga turnir jadvalidagi holat
1 |
PAXTAKOR (Toshkent) |
22 |
14 |
5 |
3 |
40-15 |
47 |
2 |
BUNYoDKOR (Toshkent) |
21 |
13 |
6 |
2 |
34-13 |
45 |
3 |
NASAF (Qarshi) |
22 |
13 |
6 |
3 |
|