«Yangier»ga texnik mag`lubiyat yozildi

05.10.2012

«Yangier»ga texnik mag`lubiyat yozildi

PFL tartib-intizom qo`mitasi qaroriga ko`ra O`zbekiston Birinchiligi bahslarida ishtirok etayotgan «Yangier» jamoasiga ikkinchi bosqich 8-tur uchrashuvida safarda G`allaorolning «G`allakor-Avtomobilchi» klubiga qarshi bahsda texnik mag`lubiyat yozildi. Ushbu uchrashuvda maydonga tushgan «Yangier» yarim himoyachisi Ruslan Murodilllaevning hisobida 4ta sariq kartochka bor edi va PFL reglamentiga ko`ra futbolchi «G`allakor Avtomobilchiga qarshi kechgan uchrashuvni o`tkazib yuborishi kerak edi. Shu sababli, reglamenting 4-bob, 4.26-bandiga binoan «Yangier» klubiga texnik mag`lubiyat yozildi. «G`allakor-Avtomobilchi» klubiga esa texnik g`alaba yozildi.

«G`allakor-Avtomobilchi»-«Yangier» uchrashuvida qayd etilgan 0:2 hisobi bekor qilindi. Uchrashuvdagi ogohlantirishlar esa o`z kuchida qoldi.

Shuningdek, reglamentning 5-bob 5.22-bandiga asosan «Yangier» jarimaga tortiladi. Futbolchi R.Murodillaev esa bo`lajak o`yinda maydonga tushmaydi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib