29-sentyabr kuni Oliy Liganing 21-turidan o`rin olgan so`nggi ikki uchrashuv bo`lib o`tishi rejalashtirilgan edi. Ushbu uchrashuvlardan biri o`z nihoyasiga etdi. «Olmaliq» hamda «Sho`rtan» klublari o`rtasidagi uchrashuvda mehmonlar g`alaba qozonishdi.
Uchrashuvning birinchi bo`limida g`uzorliklar a`zosi B. Qodirqulov hisobni ochib «Sho`rtan»ni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo`limda boshqa hisob o`zgarmadi. Ikkinchi bo`lim esa gollarga boy bo`ldi. F. Tojiev hamda I.Taranning gollari evaziga mehmonlar hisobni yirik ko`rinishga olib kelishdi. Ammo, uchrashuv yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganda «Olmaliq» hisobni bittaga qisqartira oldi.
29 sentyabr, shanba
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Sho`rtan» (G`uzor) - 2:3
Hakamlar: V. Tseytlin, A. Usmonov, F. Hasanov, B. Yulcharaev.
Nazoratchi: S. Ermatov.
Gollar: N.Otaqo`ziev (89), Z.Pirimov (90) – B.Qodirqulov (15), F.Tojiev (54), I.Taran (83)