21-turning yana ikki uchrashuvi o`z nihoyasig etdi. Farg`onaning «Neftchi» klubi o`z maydonida «Andijon»ni qabul qildi va qiyinchiliksiz g`alabaga erishdi. To`purarlar ro`yxatida peshqadamlik qilayotgan farg`onaliklar hujumchisi Anvar Berdiev esa, o`z hisobiga navbatdagi dublini yozib qo`ydi.
Samarqandning «Dinamo»si ham bu turda o`z maydonida g`alaba nashidasini surdi. Uchrashuvda to`liq ustunik qilgan «Dinamo» «Qizilqum» ustidan yirik hisobda g`alaba qozondi - 3:0
«Neftchi» (Farg`ona) – «Andijon» (Andijon) - 2:0
Hakamlar: R. Bobomurodov, R. Samandarov, O. Jumaev, V. Najafaliev.
Nazoratchi: B. Galeev.
Gollar: A. Berdiev (14, 50)
«Dinamo» (Samarqand) – «Qizilqum» (Zarafshon) - 3:0
Hakamlar: I. Tantashev, B. Qodirov, H. Shodmonov, A. Kalinin.
Nazoratchi: F. Abdullaev.
Gollar: I.Boydadaev (2), R. Ahmedov (45), L.Koshelev (81)