Oliy Liga. «Bunyodkor» Bekobodda g`alaba qozondi

27.09.2012

Oliy Liga. «Bunyodkor» Bekobodda g`alaba qozondi

Chempionat peshqadami hisobangan Toshkentning «Bunyokdor» klubi Bekobodda «Metallurg» mehmoni bo`ldi va juda qiyin g`alabani qo`lga kiritdi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida toshkentliklar a`zosi Yan Kozak Bunyodkor»ni olding olib chiqdi. Birinchi bo`limning 45-daqiqasi o`tib borayotgan bir paytda «Bundyodkor» himoyachisi Hayrulla Karimov Metallurg» futbolchisiga nisbatan o`z jarima maydonchasi ichida qo`pollik ishlatib maydondan chetlatildi va «Bunyodkor» darvozasi tomon penalti belgilandi. Ammo, «Metalurg» sardori Hikmat Xoshimov Ignatiy Nesterov dervozasini ishg`ol eta olmadi.

Ikkinchi bo`limda maydonda 10 kishi bo`lib o`ynayotganiga qaramay, «Bunyodkor» maydonda to`liq ustunlik qildi. Anvar Solievning 58 hamda 69-daqiqalarda kiritgan ikki goli «Bunyodkor»ga safarda g`alaba qozonishiga yordam berdi. Uchrashuvning 85-daqiqasida «Metallurg» birgina javob to`pini kiritdi va yirik mag`lubiyatdan qutulib qoldi.

Oliy Liga. 21-tur

27 sentyabr. Payshanba
«Metalurg» (Bekobod) - «Bunyodkor» (Toshkent) - 1:3
Hakamlar: B. Namozov, N. Toshmatov, B. Norsafarov, R. Tolibjonov.
Nazoratchi: A. Popov.
Gollar: Sh. Nurmatov (85) - Ya.Kozak (17), A. Soliev (58, 69)

cola
apex
mib
mib
mib
mib