Bugun O`FF matbuot anjumani zalida O`FF va O`zPFL rahbariyatining hakamlar hamda nazoratchilar bilan yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilish davomida chempionat va kubok o`yinlari, shuningdek O`zbekiston Birinchiligi o`yinlaridagi hakamlik masalalari ko`rib chiqildi.
Yig`ilishda so`zga chiqqan O`FF Prezidenti Mirabror Usmonov, chempionat o`yinlari yakuniga yaqinlashayotgani sabab yuzaga keladigan kurash va bahslar tufayli, hakamlarga qolgan uchrashuvlarni yuqori saviyada o`tkazishlariga tilak bildirdi.