O`zbekiston Professional futbol ligasi rasmiy sayti – www.pfl.uz UZ Milliy domeni internet-festivali sovrindoriga aylandi.
24 sentyabr kuni Toshkentda O`zbekiston Yoshlar ijodi saroyida UZ Milliy domeni 2012 internet-festivali g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Unga ko`ra, O`zPFL rasmiy sayti – www.pfl.uz internet-festivalning «Madaniyat va sport sohasida eng yaxshi sayt» yo`nalishi «Sport» toifasida 2-o`rinni qo`lga kiritdi.
Yo`nalishda g`oliblik «Uff.uz» internet-nashriga nasib etgan bo`lsa, 3-o`rin «Championat.uz» nashriga nasib etdi.
www.pfl.uz o`z faoliyatini 2008 yilning kuzida – O`zPFL faoliyati yo`lga qo`yilgan davrdan boshlagan bo`lib, u O`zPFL tomonidan tashkil etiladigan musobaqalar - O`zbekiston Oliy Ligasi, O`zbekiston Birinchiligi, O`zbekiston Yoshlar Birinchiligi, O`zbekiston Kubogi va boshqalar haqida xabarlar, hisobotlar, maqolalar e`lon qilib boradi.