Oliy Liga. «Bunyodkor» peshqadamlikni qaytarib oldi

24.09.2012

Oliy Liga. «Bunyodkor» peshqadamlikni qaytarib oldi

Toshkentdagi «JAR» stadionida o`tkazilgan Oliy Liga 20-turining so`nggi uchrashuvida Toshkentning «Bunyodkor» klubi «Buxoro» jamoasini mag`lubiyatga uchratdi va yana turnir jadvali peshqadamiga aylandi.

Uchrashuvning birinchi bo`limida hisob ochilmadi. O`yinning ikkinchi bo`limida maydondagi ustunlikni qo`lga olgan «Bunyodkor» o`yinning 71-daqiqasida hisobni ochdi. Himoyadan hujumga yordamga etib kegan Akmal Shorahmedov burchak to`pi o`yinga kiritiganidan so`ng «Buxoro» darvozasini ishg`ol qilib, «Bunyodkor»ni odinga olib chiqdi.

Uchrashuvning qolgan daqiqalarida mezbonlar maydonda ustunlik qilgan bo`lsalarda, boshqa gol kiritish ularga ham, «Buxoro» futbolchilariga ham nasib qilmadi. Minimal hisobdagi g`alabani ushlab qolgan «Bunyodkor», muhim g`alabani qo`lga kiritdi va yana turnir jadvali peshqadamligini o`z qo`liga oldi.

24 sentyabr. (Dushanba)
«Bunyodkor» - «Buxoro» - 1:0
Hakamlar: M.Ismoilov (Toshkent), A.Snetkov (Toshkent vioyati), V.Lushin (Guliston)
Nazoratchi: I.Nexochin (Namangan)
Gollar: A.Shoraxmedov

cola
apex
mib
mib
mib
mib