Bugun O`zbekiton Oliy Ligasi 20-turidan o`rin olgan yana ikki uchrashuv o`z nihoyasiga etdi.
Muborakda «Mash`al» mehmoni bo`lgan Farg`onaning «Neftchi» klubi kutilmaganda yirik hisobda mag`lub bo`ldi. Uchrashuvning 14-daqiqasida hisobni ochgan «Mash`al» farg`onalik futbolchilarga deyarli butun o`yin davomida imkon qoldirmadi. Ikkinchi bo`limning 51 hamda 88-daqiqalarida yana bir marotabadan «Neftchi» davrozasini ishg`ol etgan muborakliklar qimmatli uch ochkoni qo`lga kiritgan bo`lsalar, Farg`onaliklar aksincha, huddi shu qimmatli uch ochkodan mag`lub bo`lishdi.
Turning yana bir qiziqarli uchrashuvi Namanganda bo`lib o`tdi. O`z maydonida «Omaliq»ni qabul qilgan «Navbahor 3:1 hisobida chiroyli g`alabaga erishdi. Bugungi uchrashuvda «Navbahor» a`zosi Sobir Hamidov dublga erishgan bo`lsa, yana bir gol Ja`far Irismetov hisobiga yozildi.
Oliy Liga. 20-tur
22-sentyabr(Shanba)
«Navbahor» (Namangan) – «Olmaliq» (Olmaliq) - 3:1 (2:0)
Hakamlar: B. Tog`aev (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Rahimov (Andijon).
Nazoratchi: V. Shtern (Toshkent).
Gollar: Sobir Hamidov (8,20), Ja`far Irismetov 66 -Suxrob Berdiev (74)
Ogohlantirishlar: Suxrob Berdiev 72
«Mash`al» (Muborak) – «Neftchi» (Farg`ona) 3:0 (1:0)
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), A. Tsapenko (Toshkent viloyati), X. Mirzaahmedov (Toshkent viloyati), A. Kenjaev (Navoiy)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Gollar: Pavel Solomin (9, 88). Jahongir Abdumo`minov (51)