Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda quyidagi qarorlar qabul qilindi.
Oliy Liga
18-turda «Nasaf» ga qarshi kechgan bahsda maydondan chetlatilgan «Navbahor» darvozaboni Denis Romanenko uchrashuv bosh hakami sha`niga nisbatan no`maqul so`zlarni ishlatgani uchun 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
Yoshlar Birinchiligi
«Olmaliq» jamoasiga qarshi kechgan bahsda maydondan chetlatilgan «Metallurg» hujumchisi Ilyos Qurbonov uchrashuv bosh hakami sha`niga nisbatan no`maqul so`zlarni ishlatgani uchun 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
«Sho`rtan» jamoasiga qarshi kechgan 18-tur bahsida maydondan chetlatilgan «Neftchi» murabbiyi Asad Do`rmonov jarimaga tortildi
«Neftchi»ga qarshi kechgan bahsda bosh hakam yordamchisi sha`niga no`maqul so`zrni ishllatgani uchun maydondan chetlatilgan «Qizilqum» yarim himoyachisi Farrux Haydarov 2ta o`yinga diskvalifiiatsiya qilindi va jarimaga tortildi
19-tur bahsida «Lokomotiv»ga qarshi kechgan uchrashuvda maydondan chetlatilgan «Andijon» yarim himoyachisi Akabar Xo`jaev raqib futbolchisiga nisabatan haqoratli so`zlarni ishlatgani uchunn 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Andijon» klubiga qarshi kechgan 19-tur uchrashuvida maydondan chetlatilgan «Lokomotiv» yarim himoyachisi Sobir Usmonxo`jaev raqib futbolchisiga nisbatan haqoratli so`zlarni ishlatgani uchun 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Andijon» klubiga qarshi kechgan 19-tur uchrashuvida maydondan chetlatilgan «Lokomotiv» murabbiyi Ravshan Muqimov bosh hakam yordamchisi sha`niga no`maqul so`zlarni ishatgani uchun jarimaga tortildi.
O`zbekison Birinchiligi
«Oqtepa» ga qarshi kechgan bahsda maydondan chetlatilgan «Xorazm» hujumchisi Dmitriy Kraev uchrashuv bosh hakami sha`niga nisbatan haqoratli so`zlarni ishlatgani uchun 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi
«Xorazm» klubiga qarshi 6-tur bahsida raqibiga bosh bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Guliston» hujumchisi Rustam Qodirov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
«Xorazm» klubiga qarshi kechgan bahsda maydondan chetlatilgan «Guliston» himoyachisi Boburjon Akbarov raqib futbolchisiga jarohat etkazishga qaratilgan qo`pol hatti-harakatlari uchun 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
«Zarafshon-PFK»ga qarshi kechgan uchrashuvda maydondan chetlatilgan «Oqtepa» himoyachisi Rasuljon Rahmonberdiev raqibiga jarohat etkazishga qaratigan qo`pol hatti-harakatlari uchun 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
«So`g`diyona»ga qarshi kechgan bahsda maydondan chetlatilgan «Qo`qon-1912» klubi yarim himoyachisi Ahmadjon Raimjonov qo`pol hatti-harakatlari uchun 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.