Bugun O`zbekiston Oliy Ligasi 20-tur o`yinlariga start berildi. Ushbu o`yinlar natijasiga ko`ra musobaqa turnir jadvalidagi peshqadam nomi o`zgardi.
Safarda «Andijon» jamoasini mag`lub etgan Toshkentning «Paxtakor» klubi musobaqa peshqadamiga aylanib oldi. Andijondagi uchrashuvda toshkentlik futbolchilar uchrashuv boshidanoq tashabbusni qo`llariga olishdi va tezkor gollar kiritib oldinga chiqib olishdi. Uchrashuvning 7-daqiqasidayoq Temurxo`ja Abduholiqov hisobni ochib «Paxtakor»ni oldinga olib chiqqan bo`lsa, o`yinning 23 daqiqasida Abduholiqovning o`zi yana bir gol kiritib mehmonlarning hisobdagi ustunligini ikkitaga oshirdi. Birinchi bo`lim 0:2 hisobida «Paxtakor» g`alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning ikkinchi bo`limi boshida «Andijon» uchrashuvda bir kishi kam bo`lib qoldi. Raqibiga nisbatan qo`polliq qilgan Otabek Valijonov uchrashuv hakami tomonidan maydondan chetlatidi. Shundan keyin maydonda ustunlikka erishgan toshkentlik futbolchilar Andijon davrozasini yana bir bor ishg`ol etishdi. E`tiborlisi uchinchi gol muallifi ham Temurho`ja Abduholiqov bo`ldi.
76-daqiqada «Andijon» futbolchilari hisobni bittaga qisqartirshdi. Ammo, 88-daqiqada Sherzod Karimov mezbonlar darvozasini yana bir bor nishonga olib, «Paxtakor» ustunligini ta`minlaydi. Uchrashuvdagi so`nggi gol andijonliklar sardori Ibrohim Otahonov hisobiga yozildi. 90+2 penaltidan kiritilgan gol tablodagi hisobni 2:4 bo`lishini ta`minladi.
Toshkentning yana bir klubi «Lokomotiv» bu turda o`z maydonida Bekobodning «Metallurg» klubini qabul qildi va yirik - 5:1 hisobda g`alaba qozondi. Zayniddin Tojievning dubli, A. Holmatov, A.Shadrin va Arturos Fomenkoning gollariga «Metallurg» faqat bir gol bilan javob berdi. Hikmat Xoshimov penaltidan «Lokomotiv» darvozasini ishg`ol qildi.
Oliy Liganing 20-turidan o`rin olgan yana ikkita uchrashuv 22 sentyabr kuni bo`lib o`tadi. Musobaqa peshqadami bo`lib kelgan Toshkentning «Bunyodkor» klubi esa 24-sentyabr kuni o`z maydonida «Buxoro» klubini qabul qiladi va 20-tur bahslarini yakunlab beradi.
Oliy Liga. 20-tur
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Metallurg» (Bekobod) – 5:1. 2035 tomoshabin.
Hakamlar: H. Ro`ziev (Toshkent), A. Mironov (Toshkent), T. Abdullaev (Toshkent), Sh. Po`latov (Toshkent).
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
Gollar: Z. Tojiev (37, 69), A. Holmatov (59), A. Shadrin (82), A. Fomenko (89) – H. Xoshimov (19, penalti).
Ogohlantirishlar: P. Bugalo (18), B. Yo`ldoshev (43), D. Raxmatullaev (75) – D. Karimov (38), A. Ziyovuddinov (86).
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchilari: Z. Tojiev – Sh. Nurmatov.
«Andijon» (Andijon) – «Paxtakor» (Tashkent) – 2:4. 4710 tomoshabin.
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), O. To`ychiboev.
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent)..
Gollar: B. Abduraximov (76), I. Otaxanov (90+2, penalti) – T. Abduholiqov (7, 23, 58), Sh. Karimov (88).
Ogohlantirishlar: O. Valijonov (37), A. To`xtasinov (74) – A. Ismatullaev (14), K. Maxaradze (50), V. Kozak (77), A. Lobanov (90+1).
Chetlatish: O. Valijonov (Ikkinchi ogohlantirish, 49).
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchilari: I. Otaxonov – T. Abduholiqov.
«Sho`rtan» (G`uzor) – «Dinamo» (Samarqand) – 1:0 6721 tomoshabin.
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), A. Qo`ldoshev (Buxoro), M. Sharipov (Buxoro), A. Ergashev (Toshkent).
Nazoratchi: S. Najafaliev (Tashkent).
Gol: I. Taran (89).
Ogohlantirishlar: Adamo Soro (56) – D. Abibullaev (24), R. Axmedov (45+1), D. Otaqulov (55).
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchilari: I. Taran – A. Melnichuk..
«Qizilqum» (Zarafshon) – «Nasaf» (Qarshi) – 1:1. 1475 tomoshabin.
Hakamlar: S. Zaylobiddinov (Farg`ona), R. Shoyaxmetov (Toshkent), O. Dachev (Toshkent), I. Garmashov (Toshkent)..
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).
Gollar: T. Mirzaev (88) – V. Shishelov (90+2).
Ogohlantirishlar: G`. O`runov (32) - Sh. Raimqulov (10), I. Yunusov (67), A. Gevorkyan (75).
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchilari: A. Vlasichev – V. Shishelov.