Oliy Liga. 21-tur uchrashuvlari sanasiga o`zgartirish kiritildi

20.09.2012

Oliy Liga. 21-tur uchrashuvlari sanasiga o`zgartirish kiritildi

O`zbek futbolining 100 yilligiga bag`ishlangan bayram tantanalari hamda «Bunyodkor» stadionining ochilishi munosabati bilan O`zbekiston Oliy Ligasi o`yinlariga o`zgartirish kiritildi.

Oliy Liga 21-turidan o`rin olgan «Paxtakor» – «Lokomotiv», «Neftchi» – «Andijon», «Nasaf» – «Mash`al», «Dinamo» – «Qizilqum», «Metallurg» – «Bunyodkor» o`yinlari 28 sentyabrdan 27 sentyabrga ko`chirildi.

21-turning qolgan uchrashuvlari – «Olmaliq» – «Sho`rtan» va «Buxoro» – «Navbahor» o`yinlari 29 sentyabr kuni bo`lib o`tadi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib