O`zbekiston Oliy Ligasi 19-tur uchrashuvlari yakuniga etdi.
14 sentyabr kuni Oliy Liga-2012 19-tur uchrashuvlari doirasidagi qolgan beshta o`yin bo`lib o`tdi. O`yinlar yakuniga ko`ra, Toshkentning «Paxtakor» hamda Qarshining «Nasaf» jamoalari musobaqa peshqadami – «Bunyodkor» bilan oradagi farqni bir ochkogacha qisqartirishga muvaffaq bo`lishdi. Eslatib o`tamiz, 13 sentyabr kuni «Bunyodkor» safarda «Olmaliq»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
19-turdan keyingi musobaqa jadvalidagi holat bu erda tanishishingiz mumkin.
Oliy Liga, 19-tur uchrashuvlari
14 sentyabr, juma
«Dinamo» (Samarqand) – «Navbahor» (Namangan) 2:0 (2:0)
Gollar: Ivan Nagev (12-penalti), Salim Mustafoev (45).
«Buxoro» (Buxoro) – «Metallurg» (Bekobod) 2:0 (0:0)
Gollar: Otabek Narzullaev (54), Vohid Shodiev (67).
«Andijon» (Andijon) – «Lokomotiv» (Toshkent) 0:1 (0:0)
Gol: Jora Oganesyan (76).
«Paxtakor» (Toshkent) – «Mash`al» (Muborak) 3:0 (1:0)
Gollar: Shahboz Erkinov (15), Kaxi Maxaradze (76), Abbosbek Maxstaliev (89).
«Nasaf» (Qarshi) – «Sho`rtan» (G`uzor) 2:1 (1:0)
Gollar: Vladimir Shishelov (32), Fozil Musaev (71) - Igor Taran (57).