Oliy Liga, 19-tur. «Olmaliq» o`z tarixida ilk bor «Bunyodkor»ni mag`lub etdi

13.09.2012

Oliy Liga, 19-tur. «Olmaliq» o`z tarixida ilk bor «Bunyodkor»ni mag`lub etdi

Oliy Liga 19-tur uchrashuvlari start oldi.

13 sentyabr kuni Oliy Liga-2012 19-tur uchrashuvlari start oldi. Shu kuni «Olmaliq» o`z maydonida «Bunyodkor»ni qabul qildi, «Qizilqum» esa «Neftchi» mehmoni bo`ldi.

Turning ilk kutilmagan natijasi Olmaliqda qayd etildi. Igor Shkvirin shogirdlari, hujumchi Zafar Polvonovning dubli evaziga «Bunyodkor»ni 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratishdi. Toshkent klubining yagona goli yarim himoyachi Lutfulla To`raev hisobiga yozildi.

Ushbu mag`lubiyat «Bunyodkor» uchun mavsumdagi ikkinchisi hisoblanadi. Mirjalol Qosimov shogirdlari bungacha 4-tur «Navbahor»ga qarshi safar uchrashuvida imkoniyatni boy berishgandi. O`shanda ham raqib 2:1 hisobida g`alaba qozongan, raqib hujumchisi (Arturas Fomenko) dublga erishgan edi.

Ushbu mag`lubiyatga qaramay, 19-tur uchrashularidan keyin musobaqa jadvalidagi peshqadamlikni saqlab qoladi. Tur doirasidagi o`z uchrashuvlarini 14 sentyabr kuni o`tkazadigan «Bunyodkor» ta`qibchilari – «Paxtakor» va «Nasaf»da peshqadam bilan oradagi farqni bir ochkogacha qisqartirish imkoni paydo bo`ldi.

Mavsumning ikkinchi yarmini nisbatan muvaffaqiyatsiz o`tkazayotgan Zarafshonning «Qizilqum» jamoasi Farg`onada o`z darvozasidan uchta gol o`tkazib yubordi. Ravshan Haydarov shogirdlarining hisob qisqartiruvchi yagona goli 75-daqiqada maydondan chetlatilgan Azamat Bobojonov hisobiga yozildi. Bungacha «Neftchi» hujumchisi Anvar Berdiev dublni rasmiylashtirib ulgurgandi.

Qayd etish joiz, «Qizilqum» darvozasiga urilgan ikkinchi gol Berdiev uchun Oliy Liga bahslari doirasidagi 200-gol bo`ldi. Bungacha 200lik dovonni faqatgina Zafar Xolmurodov zabt etishga muvaffaq bo`lgan edi.

Oliy Liga, 19-tur uchrashuvlari
13 sentyabr, payshanba
«Neftchi» (Farg`ona) – «Qizilqum» (Zarafshan) – 3:1. 11232 tomoshabin.
Hakamlar:
B. Tog`aev (Toshkent), A. Bukatin (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), D. Pislegin (Toshkent).
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
Gollar: A. Berdiev (39, 45), O. Nurboev (73) – A. Bobojonov (53).
Ogohlantirishlar: M. Saidov (32) – A. Rustamov (18), Alisher Xoliqov (34), A. Samatov (50), A. Bobojonov (69).
Chetlatish: A. Bobojonov (ikkinchi ogohlantirish, 75).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Berdiev – Alisher Xoliqov.

«Olmaliq» (Olmaliq) – «Bunyodkor» (Toshkent) – 2:1. 3285 tomoshabin.
Hakamlar:
I. Tantashev (Buxoro), B. Qodirov (Buxoro), X. Shodmonov (Buxoro), A. Rubakov (Toshkent).
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
Gollar: Z. Polvonov (31, 47) – L. To`raev (52).
Ogohlantirishlar: E. Gogol (71), R. Abdulov (90+1) – Sh. Salomov (61), X. Karimov (63), J. Hasanov (76).
Eng yaxshi o`yinchilar: Z. Polvonov – L. To`raev.

cola
apex
mib
mib
mib
mib