Yoshlar Birinchiligi. «Qizilqum» peshqadamga aylanib oldi

13.09.2012

Yoshlar Birinchiligi. «Qizilqum» peshqadamga aylanib oldi

Yoshlar Birinchiligida 19-tur uchrashuvlari start oldi.

Turning kutilmagan natijasi Olmaliqda qayd etildi. Musobaqa etakchilaridan biri, 18-tur yakuniga ko`ra 2-o`rinda borayotgan «Olmaliq» o`z maydonida, kutilmaganda, musobaqada nisbatan omadsiz ishtirok etayotgan «Bunyodkor» yoshlariga imkoniyatni boy berdi. Zabihillo O`rinboev hamda Alibobo Rahmatullaev tomonidan urilgan gollar Toshkent jamoasiga 2:1 hisobidagi g`alabani keltirdi. Ushbu g`alabadan so`ng «Bunyodkor», kamida bir kunga, 10-o`rindan 7-o`ringa ko`tarildi.

«Qizilqum» esa, kamida bir kunga, Yoshlar Birinchiligi peshqadamiga aylanib oldi. «Neftchi»ga qarshi safar uchrashuvida Aleksey Evstafeev shogirdlari 3:2 hisobida g`alaba qozonishdi. Zarafshonliklar birinchi bo`lib hisobni ochganliklariga qaramay, keyin ketma-ket ikkita to`p o`tkazib yuborishdi. Shunga qaramay, «Qizilqum» g`alabani o`z tomoniga og`dirishga muvaffaq bo`ldi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida «Qizilqum» yarim himoyachisi Farrux Haydarov maydondan chetlatildi.

Yoshlar Birinchiligining qolgan uchrashuvlari 14 sentyabr kuni bo`lib o`tadi.

Yoshlar Birinchiligi, 19-tur uchrashuvlari
12 sentyabr, chorshanba
«Neftchi» - «Qizilqum» - 2:3. 123 tomoshabin.
Hakamlar:
D. Pislegin, Sh. Qodirov, R. Temirov, A. Soliev.
Nazoratchi: A. Popov.
Gollar: I. G`aniev (28, penalti), O. Zokirov (31) – S. Xolmatov (23), G`. O`runov (37), I. Rogovanov (69).
Ogohlantirishlar: J. Guseynov (87), O. Zokirov (90) – A. Rasulov (27), S. Xolmatov (41), D. Meliev (54), I. Rogovanov (79), A. Makosin (89).
Chetlatish: F. Haydarov («Qizilqum», 90+4).

«Olmaliq» (Olmaliq) – «Bunyodkor» (Toshkent) – 1:2. 113 tomoshabin.
Hakamlar:
A. Rubakov, M. Karimov, D. Saylalov, A. Ergashev.
Nazoratchi: B. Galeev.
Gollar: Sh. Mirzaev (56) – Z. O`rinboev (13), A. Rahmatullaev (32).

cola
apex
mib
mib
mib
mib