Oliy Liga 19-turida, sariq kartochklari soni to`rttaga etgani munosabati bilan, to`rt jamoaning jami olti nafar futbolchisi o`yinlarda maydonga tusha olmaydi.
Diskvalifikatsiyalar sabab eng ko`p yo`qotish – «Buxoro» va «Mash`al» jamoalarida: har ikkala jamoa ham 19-turda ikki nafardan futbolchining xizmatidan foydalana olishmaydi.
Eslatib o`tamiz, Oliy Liga 19-tur uchrashuvlari doirasida «Buxoro» o`z maydonida «Metallurg»ni qabul qilsa, «Mash`al» Toshkentda «Paxtakor» mehmoni bo`ladi. «Navbahor» esa Samarqandga safar qilib, «Dinamo»ga qarshi bahs olib boradi. Oliy Liga 19-tur uchrashuvlari 13-14 sentyabr kunlari bo`lib o`tadi.
Oliy Liga, 19-tur uchrashuvlarida maydonga tusha olmaydigan futbolchilar
Egor Krimets («Paxtakor»)
Abdulaziz Sultonov («Navbahor»)
Ilya Fomichev («Mash`al»)
Igor Petkovich («Mash`al»)
Jasur Hasanov («Buxoro»)
Asqar Muhitdinov («Buxoro»)