Oliy Liga. «Sho`rtan» ta`qibni davom ettirmoqda

05.09.2012

Oliy Liga. «Sho`rtan» ta`qibni davom ettirmoqda

Oliy Liga 18-tur uchrashuvlari yakuniga etdi.

4 sentyabr kuni Oliy Liga 18-turidan o`rin olgan so`nggi uchta o`yin bo`lib o`tdi. Har uchala o`yinda maydon egalari zafar quchishdi.

Toshkentning «Lokomotiv» klubi o`z maydonida liga autsayderlaridan biri – «Buxoro»ni qabul qildi. Toshkentlik futbolchilar birinchi bo`lib hisobni ochganliklariga qaramay, birinchi bo`lim yakunlanishi arafasida o`z darvozalaridan to`p o`tkazib yuborishdi. Ikkinchi bo`lim boshida esa «Lokomotiv»ning faxriy hujumchisi Zayniddin Tojiev penaltidan foydalana olmagan bo`lsa-da, 58-daqiqada «Buxoro» himoyachilar va darvozabonini aldab o`tgani holda, darvozani aniq nishonga olib, «Lokomotiv»ga mavsumdagi sakkizinchi g`alabani keltirdi.

Turning eng sermahsul o`yini Bekobodda bo`lib o`tdi. Toshkent viloyatining «Metallurg» hamda «Olmaliq» jamoalari o`rtasidagi o`yinda darvozalarga jami ettita gol urildi. «Olmaliq» futbolchilari birinchi bo`limni 2:1 hisobidagi g`alaba bilan yakunlaganliklariga qaramay, ikkinchi bo`limda «Metallurg» hujumchisi Zohid Abdullaevni to`xtatib qolish uddasidan chiqa olishmadi – yakuniy hisob – 4:3.

G`uzorning «Sho`rtan» klubi esa Farg`onaning «Neftchi» jamoasini 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratib, musobaqa peshqadamlari «Bunyodkor», «Paxtakor» va «Nasaf»ni ta`qib qilishda davom etmoqda. Bu jamoalar o`z uchrashuvlarini 3 sentyabr kuni o`tkazishgan va g`alaba qozonishgan edi.

Oliy Liga, 18-tur uchrashuvlari
4 sentyabr, seshanba
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Buxoro» (Buxoro) – 2:1. 2323 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Tseytlin (Toshkent), B. Norsafarov (Qarshi), A. Rajabboev (Namangan), I. Garmashov (Toshkent).
Nazoratchi: R. Mo`minov (Toshkent).
Gollar: D. Jabborov (24), Z. Tojiev (58) – V. Shodiev (42).
49-daqiqada Z. Tojiev penaltidan foydalana olmadi.
Ogohlantirishlar: M. Kazankov (50), J. Oganesyan (60), I. Magdeev (78) – N. Shibamura (49), J. Hasanov (61), I. Xayrov (73), A. Muhitdinov (90+4).
Eng yaxshi o`yinchilar: Z. Tojiev – V. Shodiev.

«Metallurg» (Bekobod) – «Olmaliq» (Olmaliq) – 4:3. 2152 tomoshabin.
Hakamlar:
Sh. Qosimov (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), X. Mirzaahmedov (Toshkent viloyati), N. Boltaev (Navoiy).
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
Gollar: M. Akbarov (9), Z. Abdullaev (58, 61, 79) – A. Lupashko (19), S. Berdiev (45+1), D. Abdurahmonov (89, penalti).
Ogohlantirish: F. Ahmedov («Metallurg», 88).
Eng yaxshi o`yinchilar: Z. Abdullaev – O. Zoteev.

«Sho`rtan» (G`uzor) – «Neftchi» (Farg`ona) – 2:0. 7208 tomoshabin.
Hakamlar:
M. Ismoilov (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Kenjaev (Navoiy).
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: I. Taran (16), B. Qodirqulov (55).
Ogohlantirishlar: B. Qodirqulov (57) – M. Nizomitdinov (51).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Merzlyakov – F. Turdialiev.

cola
apex
mib
mib
mib
mib