O`zbekiston Birinchiligida 18-tur uchrashuvlari start oldi.
Turning markaziy uchrashuvi Zarafshonda bo`lib o`tdi. Musobaqa peshqadamlari – «Qizilqum» hamda «Paxtakor» o`rtasidagi o`yinda hisob ochilmadi.
2 sentyabr kuni bo`lib o`tgan to`rtta o`yindan yana ikkitasi durang natija bilan yakuniga etdi. «Dinamo»ga qarshi uchrashuvda «Bunyodkor» so`nggi daqiqalarda mag`lubiyatdan qutulib qolgan bo`lsa, «Mash`al» – «Andijon» o`yinida 1:1 hisobi qayd etildi.
Yoshlar Birinchiligi, 18-tur uchrashuvlari
2 sentyabr, yakshanba
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Dinamo» (Samarqand) – 2:2. 42 tomoshabin.
Hakamlar: R. Tolibjonov (Farg`ona), T. Gaynulin, S. Petrov, D. Pislegin.
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
Gollar: R. Melzitdinov (55), B. Pardaev (90+2) – S. Ziyoev (52), N. Sviridov (60).
8-daqiqada S. Rihsiboev («Bunyodkor») penaltidan foydalana olmadi.
Ogohlantirishlar: K. Kopadze (78) – S. Sultonov (75).
«Navbahor» (Namangan) – «Nasaf» (Qarshi) – 2:0. 82 tomoshabin.
Hakamlar: Sh. Hakimov (Andijon), R. G`opurov, A. Rajabboev, E. Mirobidova.
Nazoratchi: R. Ishmurzin (Toshkent).
Gollar: D. Isoqov (3), M. Sobirov (60).
Ogohlantirishlar: D. Xolmirzaev (16), M. Sobirov (35), B. To`raboev (65) – T. Abdurazzoqov (43).
Chetlatish: M. Sobirov (ikkinchi ogohlantirish, 90).
«Qizilqum» (Zarafshon) – «Paxtakor» (Toshkent) – 0:0. 612 tomoshabin.
Hakamlar: T. Galeev (Urganch), O. Jumaev, E. Zakutilin, S. Ivlev.
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Ogohlantirishlar: F. Qambarov (40), B. Qosimov (44), N. Rahmatullaev (90) – A. Babayan (30), F. Shotursunov (40), A. Jo`raboev (48).
Chetlatish: F. Qambarov (ikkinchi ogohlantirish, 60).
«Mash`al» (Muborak) – «Andijon» (Andijon) – 1:1. 126 tomoshabin.
Hakamlar: A. Choriev (Termiz), A. Kalinin, F. Usmonov, U. Qurbonnazarov.
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
Gollar: I. Shomurodov (5) – A. Jo`raboev (13).
Ogohlantirishlar: R. Meliboev (45), D. Yoqubov (ikkisi - «Andijon», 83).