Oliy Liga. 18-tur o`yinlari boshlanish vaqtlari

02.09.2012

Oliy Liga. 18-tur o`yinlari boshlanish vaqtlari

O`zbekiston Oliy Ligasi 18-tur uchrashuvlari 3 sentyabr kuni start oladi.

3 sentyabr kuni turning to`rtta o`yini bo`lib o`tadi. Musobaqa etakchilari – «Bunyodkor», «Nasaf» hamda «Paxtakor» aynan shu o`z o`yinlarini o`tkazishadi. «Bunyodkor» Toshkentda «Dinamo»ni qabul qilsa, «Nasaf» «Navbahor» mehmoni bo`ladi. «Paxtakor» esa Zarafshonga safar qilib, Ravshan Haydarov shogirdlariga qarshi maydonga tushadi.

4 sentyabr kuni «Lokomotiv» «Buxoro»ni, «Metallurg» «Olmaliq»ni, «Sho`rtan» esa «Neftchi»ni qabul qiladi. Dastlabki ikki o`yin 17:00da boshlansa, G`uzordagi bahs 18:30da start olishi rejalashtirilgan.

Qo`shimcha sifatida ,18-tur o`yinlarini boshqarib boruvchi hakamlar ro`yxati bilan bu erda tanishishingiz mumkin. Tur o`yinlarini to`rt nafar futbolchi diskvalifikatsiya sabab o`tkazib yuboradi.

Oliy Liga, 18-tur uchrashuvlari
3 sentyabr, dushanba

19:00. «Bunyodkor» - «Dinamo»
17:00. «Navbahor» - «Nasaf»
16:30. «Qizilqum» – «Paxtakor»
17:30. «Mash`al» – «Andijon»

4 sentyabr, seshanba
17:00. «Lokomotiv» - «Buxoro»
17:00. «Metallurg» – «Olmaliq»
18:30. «Sho`rtan» – «Neftchi»

cola
apex
mib
mib
mib
mib