Tartib-intizom qo`mitasi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda quyidagi qarorlar qabul qilindi.
Oliy Liga
«Andijon»ga qarshi 15-tur uchrashuvida, o`yin to`xtatilgan vaqtda, raqibining yuziga qo`l bilan haddan tashqari kuchli zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Navbahor» himoyachisi Abdumajid Toirov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
«Andijon»ga qarshi 17-tur uchrashuvida raqib o`yinchisi sha`niga noma`qul so`zlar aytgani uchun maydondan chetlatilgan «Qizilqum» yarim himoyachisi G`ulomjon O`runov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
«Qizilqum»ga qarshi 17-tur uchrashuvida tajovuzkor hulqi uchun maydondan chetlatilgan «Andijon» himoyachisi Ikrom Ibrohimov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
Yoshlar Birinchiligi
«Nasaf»ga qarshi 14-tur uchrashuvida bosh hakam sha`niga noma`qul so`zlar aytgani uchun maydondan chetlatilgan «Olmaliq» himoyachisi Evgeniy Gogol 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
O`zbekiston Birinchiligi
«Nasaf-2»ga qarshi 1-tur uchrashuvida raqibining ustiga jarohat etkazish maqsadida haddan tashqari kuch bilan sakragani maydondan chetlatilgan «Yangier» yarim himoyachisi Akmali Rahimzoda 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Yangier»ga qarshi ikkinchi bosqich 1-tur uchrashuvida o`yin to`xtatilgan vaqtda raqibiga jarohat etkazish maqsadida raqibiga haddan tashqari kuch bilan oyoqda zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Nasaf-2» hujumchisi Azamat Allaniyozov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Yangier»ga qarshi ikkinchi bosqich 2-tur uchrashuvida chetlatilgan «So`g`diyona» yarim himoyachisi Muqimjon Toshmatov 2ta o`yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.
«Xorazm»ga qarshi ikkinchi bosqich 2-tur uchrashuvida raqibining oyog`iga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Neftchi» himoyachisi Oqilbek Mahmudov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Kosonsoy»ga qarshi ikkinchi bosqich 2-tur uchrashuvida raqib futbolchisi sha`niga noma`qul so`zlar aytgani uchun maydondan chetlatilgan «Yujanin» himoyachisi Azizbek Usmonov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Yujanin»ga qarshi ikkinchi bosqich 2-tur uchrashuvida o`yin to`xtatilgan vaqtda raqibining ko`kragiga qasddan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Kosonsoy» himoyachisi Iskandar Narzullaev 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«G`allakor-Avtomobilchi»ga qarshi ikkinchi bosqich 4-tur uchrashuvida o`yin to`xtatilgan vaqtda jamoadoshining oyog`iga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Kosonsoy» Omil Mo`minov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.