Oliy Liga. «Neftchi» «Vodiy derbisi»da yirik g`alabaga erishdi

27.08.2012

Oliy Liga. «Neftchi» «Vodiy derbisi»da yirik g`alabaga erishdi

Oliy Liga 17-tur o`yinlari yakuniga etdi.

Turning markaziy o`yinlaridan biri hisoblangan «Paxtakor» hamda «Sho`rtan» o`rtasidagi o`yinda hisob ochilmadi. Kunning qolgan o`yinlari esa gollarga boy bo`ldi.

Xususan, Farg`onaning «Neftchi» klubi o`z maydonida «Navbahor»ni 3:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Namanganlik futbolchilar birinchi bo`limda o`z darvozalari dahlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo`lishgan ersa-da, ikkinchi bo`limda «Neftchi» o`z hujumlarini samarali yakunlashga muvaffaq bo`ldi. Qayd etish joiz, «Neftchi» o`z maydonidagi ketma-ket ikkinchi uchrashuvda yirik hisobda g`alaba qozondi. Bungacha, 15-turda Bekobodning «Metallurg» jamoasi 4:0 hisobida mag`lub etilgandi.

Ayni vaqtda, o`tgan turda o`z maydonida «Nasaf»ni 1:0 hisobida mag`lub etib, o`ziga xos sensatsiya keltirib chiqargan «Metallurg» bu safar «Dinamo» qarshiligini sindira olmadi. Umuman, Samarqandda o`tkazilgan bahs «Dinamo» hujumchisi Ro`zimboy Ahmedov hamda «Metallurg» hujumchisi Zohid Abdullaevning benefisiga aylandi. Ahmedov o`yin davomida xet-trikka erishgan bo`lsa, Abdullaev dublni rasmiylashtirdi, o`yin esa 3:2 hisobida yakunlandi.

Turning dastlabki o`yinlari 26 avgust, yakshanba kuni bo`lib o`tgandi.

Oliy Liga, 17-tur uchrashuvlari
27 avgust, dushanba
«Paxtakor» (Toshkent) – «Sho`rtan» (G`uzor) – 0:0. 3983 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Bobomurodov (Navoiy), T. Abdullaev (Toshkent), A. Tsapenko (Toshkent viloyati), T.
To`xtasinov (Andijon).
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
Ogohlantirishlar: E. Krimets (50) – A. Aliqulov (26), F. Tojiev (38).
Eng yaxshi o`yinchilar: K. Maxaradze – A. Aliqulov.

«Neftchi» (Farg`ona) – «Navbahor» (Namangan) – 3:0. 15426 tomoshabin.
Hakamlar:
H. Ro`ziev (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), M. Muhammedov (Toshkent viloyati).
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: D. Ermatov (61), A. Berdiev (63), S. Mirzaev (83).
Ogohlantirishlar: S. Mirzaev (83) – S. Hamidov (36), J. Irismetov (51), A. Sultonov (80), R. Boqiev (o`yindan keyin).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Berdiev – J. Irismetov.

«Dinamo» (Samarqand) – «Metallurg» (Bekobod) – 3:2. 6184 tomoshabin.
Hakamlar:
Sh. Bozorov (Namangan), F. Hasanov (Namangan), R. G`opurov (Namangan), A. Kenjaev (Navoiy).
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
Gollar: R. Ahmedov (36, 77, 83) – Z. Abdullaev (75, 90+1).
Ogohlantirishlar: A. Xvostunov (86) – D. Karimov (54), F. Ahmedov (82), D. Karimqulov (90).
Eng yaxshi o`yinchilar: R. Ahmedov – Z. Abdullaev.

cola
apex
mib
mib
mib
mib