Oliy Liga. 17-tur. «Nasaf» – «Bunyodkor» o`yinida hisob ochilmadi

26.08.2012

Oliy Liga. 17-tur. «Nasaf» – «Bunyodkor» o`yinida hisob ochilmadi

O`zbekiston Oliy Ligasi 17-tur uchrashuvlari start oldi.

25 avgust kuni tur doirasida 4ta uchrashuv bo`lib o`tdi. Ularning uchtasi tomonlardan birining g`alabasi bilan yakuniga etgan bo`lsa, Qarshining «Nasaf» hamda Toshkentning «Bunyodkor» klublari o`rtasidagi turning markaziy uchrashuvida hisob ochilmadi.

Turning hozircha eng yirik hisobi Andijonda qayd etildi. Yangi bosh murabbiy – Azamat Abduraimov qo`l ostida to`p surgan maydon egalari – «Andijon» futbolchilari «Qizilqum»ni yirik – 5:1 hisobida mag`lubiyatga uchratishdi. Jamoa bungacha olti uchrashuvda g`alaba nimaligini bilmay kelayotgandi. Ta`kidlash joiz, «Andijon» oxirgi marta aynan «Qizilqum» ustidan g`alaba qozongandi.

«Olmaliq» o`z tarixida ilk bor «Buxoro»ga imkoniyatni boy berdi. Olmaliqda bo`lib o`tgan uchrashuvda Igor Shkvirin shogirdlari 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Muborakda bo`lib o`tgan «Mash`al» – «Lokomotiv» uchrashuvida mehmonlar, so`nggi daqiqalarda kiritilgan gol evaziga, muhim g`alabani qo`lga kiritishdi. «Mash`al» so`nggi to`rt uchrashuvda atigi ikki ochko qo`lga kiritgan va ushbu ochkolar safar o`yinlarida qo`lga kiritilgan bo`lsa, «Lokomotiv»ning mag`lubiyatsiz seriyasi beshtaga etdi.

Turning qolgan uchrashuvlari 27 avgust kuni bo`lib o`tadi: «Dinamo» o`z maydonida «Metallurg»ni qabul qilsa, «Sho`rtan» Toshkentda «Paxtakor» mehmoni bo`ladi. Kunning qiziqarli o`yinlaridan biri – «Neftchi» va «Navbahor» o`rtasidagi «Vodiy derbisi» Farg`onada bo`lib o`tadi.

Oliy Liga, 17-tur uchrashuvlari
26 avgust, yakshanba

«Mash`al» (Muborak) – «Lokomotiv» (Toshkent) – 1:2. 1506 tomoshabin.
 
 
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), Sh. Qosimov (Toshkent).
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
Gollar: M. Resanovich (36, penalti) – Z. Tojiev (9, penalti), A. Shadrin (90).
Ogohlantirishlar: I. Fomichev (60), P. Solomin (62), D. Vaniev (90+3) – P. Bugalo (36).
Eng yaxshi o`yinchilar: S. Quvvatov – Z. Tojiev.
 
«Andijon» (Andijon) – «Qizilqum» (Zarafshon) – 5:1. 4159 tomoshabin.
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), A. Bukatin (Toshkent), B. Qodirov (Buxoro), A. Rubakov (Toshkent).
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
Gollar: L Soliev (34), T. Kagirov (39, avtogol), M. Mamazulunov (47, 90+1), O. Valijonov (52) – B. Abdurahimov (62, avtogol).
Ogohlantirishlar: M. Hayitov (32) – A. Bobojonov (38), G`. O`runov (66).
Chetlatishlar: I. Ibrohimov (78) – G`. O`runov (61).
Eng yaxshi o`yinchilar: M. Mamazulunov – A. Vlasichev.
 
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Buxoro» (Buxoro) – 1:3. 2154 tomoshabin.
Hakamlar: S. Zaylobidinov (Farg`ona), N. Toshmatov (Farg`ona), M. Majidov (Namangan), A. Rahimov (Andijon).
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
Gollar: D. Stanoevich (30) – O. Narzullaev (40), Jasur Hasanov (44, 58).
Ogohlantirishlar: B. Yuldashev (80) – A. Xolmurodov (66).
Eng yaxshi o`yinchilar: D. Stanoevich – Jasur Hasanov.
 
«Nasaf» (Qarshi) – «Bunyodkor» (Toshkent) - 0:0. 6881 tomoshabin.
Hakamlar: M. Ismoilov (Toshkent), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), A. Asimov (Toshkent).
Nazoratchi: V. Shtern (Toshkent).
Ogohlantirishlar: V. Shishelov (33), E. Boydullaev (46) – Sh. Salomov (8), A. Filiposyan (33), S. Jo`raev (62).

Eng yaxshi o`yinchilar: I. Yunusov – I. Nesterov.

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib