Yoshlar Birinchiligida 17-tur uchrashuvlari start oldi.
25 avgust kuni O`zbekiston Yoshlar Birinchiligida 17-tur uchrashuvlari start oldi. Tur ancha sermahsul boshlandi – turning birinchi kunida o`tkazilgan to`rtta uchrashuvning uchtasida darvozalarga kamida beshta gol urildi.
Olmaliqda bo`lib o`tgan «Olmaliq» hamda «Buxoro» yoshlari o`rtasidagi uchrashuvda yirik – 7:0 hisobidagi natija qayd etildi. Shu kuni maydon egalari mehmonlar darvozasiga jami ettita gol urdi. To`raev hamda Lupashko dublga erishgan bo`lsa, Mirzaev xet-trikni qayd etdi.
Qarshida bo`lib o`tgan «Nasaf» hamda «Bunyodkor» yoshlari o`rtasidagi o`yinda 4:3 hisobi qayd etildi va unda mehmonlar g`alaba qozonishdi. Birinchi bo`limdan so`ng «Nasaf» raqib ustidan 3:1 hisobida g`alaba qozonayotgan edi, biroq ikkinchi bo`limda toshkentlik futbolchilar, o`z darvozalari dahlsizligini saqlab qolgan holda, uchta gol urishga muvaffaq bo`lishdi. Qayd etish joiz, aynan shu o`yin hozircha turning ham eng qo`pol o`yini bo`lib turibdi – unda etti futbolchi ogohlantirilib, yana ikkitasi maydondan chetlatildi.
Musobaqa peshqadami – Zarafshonning «Qizilqum» jamoasi esa ketma-ket ikkinchi uchrashuvda imkoniyatni boy berdi. «Andijon»ga qarshi o`yinda Evstafeev shogirdlari 38-daqiqaga qadar hisobda oldinda ham borishdi, biroq keyingi daqiqalarda andijonliklar yana ikkita gol urishga muvaffaq bo`lishdi. Ushbu o`yinda ham etti nafar futbolchiga sariq kartochka ko`rsatilib, yana bittasi maydondan chetlatildi.
Turning qolgan uchrashuvlari 26 avgust, yakshanba kuni bo`lib o`tadi.
Yoshlar Birinchiligi, 17-tur uchrashuvlari
25 avgust, shanba
«Mash`al» (Muborak) – «Lokomotiv» (Toshkent) - 1:1. 178 tomoshabin.
Hakamlar: Sh. Qosimov (Toshkent), S. Sattorov, F. Usmonov, N. Qosimov.
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
Gollar: J. Abdumo`minov (59) – S. Usmonxo`jaev (20).
Ogohlantirishlar: I. Toshpo`latov (42) – S. Usmonxo`jaev (22).
Chetlatish: S. Usmonxodjaev (ikkinchi ogohlantirish, 82).
«Andijon» (Andijon) – «Qizilqum» (Zarafshon) – 3:2. 98 tomoshabin.
Hakamlar: A. Rubakov (Toshkent), A. Jo`raxonov, Z. Abdurahmonov, A. Isamutdinov.
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
Gollar: A. To`xtasinov (15, penalti, 38, 77, penalti) – I. Rogovanov (16, 34).
Ogohlantirishlar: D. Usmonov (58), A. Normuhamedov (62), A. Qayumov (71), F. Salohitdinv (76) – U. Karimov (55), I. Otabaev (69), F. Qambarov (73).
Chetlatish: U. Karimov (ikkinchi ogohlantirish, 90).
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Buxoro» (Buxoro) – 7:0. 231 tomoshabin.
Hakamlar: A. Rahimov (Andijon), R. Sahobutdinov, I. Komilov, X. Mirzaahmedov.
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
Gollar: Z. To`raev (10, 70), Sh. Mirzaev (19, 21, 42, penalti), A. Lupashko (48, 72).
Ogohlantirishlar: D. Yusufjonov (40) – I. Xayrov (18), Sh. Abbosov (41).
«Nasaf» (Qarshi) – «Bunyodkor» (Toshkent) - 3:4. 381 tomoshabin.
Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), A. Kalinin, F. Norsafarov, Z. Rahmatova.
Nazoratchi: V. Shtern (Toshkent).
Gollar: M. Kamolov (20), N. Sanaqulov (40), U. Dadaboev (45) – D. Mirabdullaev (30), A. Rahmatullaev (49), B. Pardaev (73, 80).
90+1-daqiqada E. Boymatov («Nasaf») penaltidan foydalana olmadi.
Ogohlantirishlar: S. Baratov (38), M. Mo`minov (52), N. Sanaqulov (56) – K. Tojiboev (36), D. Jo`raev (56), X. Asqarov (57), Z. O`rinboev (70), B. Pardaev (84).
Chetlatishlar: D. Jo`raev (ikkinchi ogohlantirish, 75), X. Asqarov (ikkinchi ogohlantirish, 90+1).