Oliy Liga 17-tur o`yinlari boshlanish vaqti

24.08.2012

Oliy Liga 17-tur o`yinlari boshlanish vaqti

Oliy Liga 17-tur o`yinlari boshlanish vaqti aniq bo`ldi.

Oliy Liga 17-tur uchrashuvlari 26-27 avgust kunlari bo`lib o`tadi. Yakshanba kuni «Mash`al» – «Lokomotiv», «Andijon» – «Qizilqum», «Olmaliq» – «Buxoro» va «Nasaf» – «Bunyodkor» uchrashuvlari o`tkazilsa, «Paxtakor» – «Sho`rtan», «Neftchi» – «Navbahor» va «Dinamo» – «Metallurg» o`yinlari dushanba kuni o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Qarshi shahrida bo`lib o`tadigan turning markaziy o`yini – «Nasaf» hamda «Bunyodkor» o`rtasidagi bahs 26 avgust kuni soat 19:30da boshlansa, qiziqarli o`yinlardan biriga aylanishi kutilayotgan «Vodiy derbisi» – «Neftchi» - «Navbahor» o`yini 18:30da boshlanadi.

Oliy Liga, 17-tur uchrashuvlari boshlanish vaqtlari
26 avgust, yakshanba

17:30. «Mash`al» – «Lokomotiv»
17:00. «Andijon» - «Qizilqum»
17:00. «Olmaliq» – «Buxoro»
19:30. «Nasaf» - «Bunyodkor»

27 avgust, dushanba
19:00. «Paxtakor» - «Sho`rtan»
18:30. «Neftchi» – «Navbahor»
17:30. «Dinamo» – «Metallurg»

cola
apex
mib
mib
mib
mib