Oliy Liga 17-tur uchrashuvlarini boshqaruvchi hakamlar nomi ma`lum bo`ldi.
Musobaqa etakchilari – Qarshining «Nasaf» hamda Toshkentning «Bunyodkor» klublari o`rtasidagi uchrashuvni Marat Ismoilov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Ushbu uchrashuv 27 avgustdan 28 avgustga ko`chirildi.
Shuningdek, turning qiziqarli o`yinlaridan biri bo`lishi kutilayotgan «Vodiy derbisi» – Farg`onaning «Neftchi» hamda Namanganning «Navbahor» jamoalari o`rtasidagi o`yinni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Oliy Liga, 17-tur uchrashuvlari
26 avgust, yakshanba
«Mash`al» (Muborak) – «Lokomotiv» (Toshkent)
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), Sh. Qosimov (Toshkent).
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
«Andijon» (Andijon) – «Qizilqum» (Zarafshan)
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), A. Tsapenko (Toshkent viloyati), B. Qodirov (Buxoro), A. Rubakov (Toshkent).
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Buxoro» (Buxoro)
Hakamlar: S. Zaylobiddinov (Farg`ona), N. Toshmatov (Farg`ona), M. Majidov (Namangan), A. Rahimov (Andijon).
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
27 avgust, dushanba
«Paxtakor» (Toshkent) – «Sho`rtan» (G`uzor)
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), T. Abdullaev (Toshkent), A. Bukatin (Toshkent), T. To`xtasinov (Andijon).
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
«Neftchi» (Farg`ona) – «Navbahor» (Namangan)
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), M. Muhammedov (Toshkent viloyati).
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
«Dinamo» (Samarqand) – «Metallurg» (Bekobod)
Hakamlar: Sh. Bozorov (Namangan), F. Hasanov (Namangan), R. G`opurov (Namangan), A. Kenjaev (Navoiy).
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
28 avgust, seshanba
«Nasaf» (Qarshi) – «Bunyodkor» (Toshkent)
Hakamlar: M. Ismoilov (Toshkent), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), A. Asimov (Toshkent).
Nazoratchi: V. Shtern (Toshkent).