«Nasaf» – «Bunyodkor» uchrashuvi 28 avgustga ko`chirildi

21.08.2012

«Nasaf» – «Bunyodkor» uchrashuvi 28 avgustga ko`chirildi

Oliy Liga 17-tur uchrashuvlari taqvimiga o`zgartirishlar kiritildi.

Qarshi shahrida O`zbekiston Mustaqilligining 21 yilligi tantanalari o`tkazilishi munosabati bilan, Oliy Liga 17-tur o`yinlaridan o`rin olgan «Nasaf» – «Bunyodkor» uchrashuvi 27 avgustdan 28 avgustga ko`chirildi.

Shunday qilib, Oliy Liga 17-tur uchrashuvlari uch kun davom etadigan bo`ldi. 26 avgust, yakshanba kuni start oladigan turning birinchi kunida «Mash`al» – «Lokomotiv», «Olmaliq» – «Buxoro», «Andijon» - «Qizilqum» uchrashuvlari bo`lib o`tsa, 27 avgust kuni «Paxtakor» – «Sho`rtan», «Neftchi» – «Navbahor» va «Dinamo» – «Metallurg» o`yinlari o`tkaziladi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib