O`zbekiston Kubogi yarim final dastlabki uchrashuvlarini boshqaruvchi hakamlar nomi ma`lum bo`ldi.
Toshkentning «Bunyodkor» va «Paxtakor» jamoalari o`rtasidagi o`yinni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi.
Qarshining «Nasaf» hamda Buxoroning «Buxoro» jamoalari o`rtasidagi o`yinni boshqarish esa Hasan Ro`zievga ishonib topshirildi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Kubogi yarim final dastlabki o`yinlari 22 avgust kuni bo`lib o`tadi.
O`zbekiston Kubogi, yarim final, dastlabki uchrashuvlar
22 avgust, chorshanba
«Nasaf» (Qarshi) – «Buxoro» (Buxoro)
Hakamlar: X. Ro`ziev (Toshkent), E. Zakutilin (Navoiy), A. Usmonov (Toshkent), Z. Qodirov (Navoiy).
Nazoratchi: G`. Karimov (Toshkent).
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Paxtakor» (Toshkent)
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), Sh. Po`latov (Toshkent).
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).