Oliy Liga. 16-tur. «Bunyodkor» ta`qibchilaridan 4 ochkoga o`zib ketdi

18.08.2012

Oliy Liga. 16-tur. «Bunyodkor» ta`qibchilaridan 4 ochkoga o`zib ketdi

O`zbekiston Oliy Ligasida 16-tur uchrashuvlari yakuniga etdi.

18 avgust kuni bo`lib o`tgan bahslarning barchasida kichik hisobdagi g`alabalar qayd etildi.

Bekobodning «Metallurg» klubi o`z maydonida Qarshining «Nasaf» jamoasini qabul qildi va Dilmurod Karimovning yagona goli evaziga muhim g`alabaga erishdi.

Toshkentning «Paxtakor» klubi «Nasaf»ning ochko yo`qotishidan unumli foydalanib qoldi. «Navbahor» mehmoni bo`lgan «paxtakorchilar» Kaxi Maxaradzening yagona goli evaziga g`alaba qozonishdi hamda ochkolari soni bo`yicha «Nasaf» bilan tenglashib olishdi.

Musobaqa peshqadami «Bunyodkor» esa «Neftchi»ni 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi va eng yaqin ta`qibchilari – «Nasaf» hamda "Paxtakor»dan 4 ochkoga o`zib ketdi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib