Oliy Liga. Musobaqadagi eng yirik hisob G`uzorda qayd etildi

18.08.2012

Oliy Liga. Musobaqadagi eng yirik hisob G`uzorda qayd etildi

O`zbekiston Oliy Ligasida 16-tur uchrashuvlari start oldi.

Nafaqat turning, balki 2012 yilgi musobaqaning eng yirik natijasi G`uzorda bo`lib o`tgan «Sho`rtan» – «Andijon» uchrashuvida qayd etildi. O`yin maydon egalarining 6:1 hisobidagi g`alabasi bilan yakuniga etdi. Bungacha Oliy Liga-2012da eng yirik hisob 13-turdagi «Paxtakor» – «Metallurg» o`yinida qayd etilgandi. O`shanda maydon egalari 5:0 hisobida g`alaba qozonishgandi.

Yana bir gollarga boy o`yin Toshkent shahrida bo`lib o`tdi. «Lokomotiv» hamda «Olmaliq» jamoalari o`rtasidagi o`yinda darvozalarga jami oltita gol kiritilib, bahs maydon egalarining 4:2 hisobidagi g`alabasi bilan yakuniga etdi.

Turning navbatdagi o`yinlari 18 avgust kuni bo`lib o`tadi.

Oliy Liga,16-tur uchrashuvlari
17 avgust, juma
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Olmaliq» (Olmaliq) – 4:2. 1234 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), V. Lushin (Gulistan), Sh. Ro`ziqulov (Qarshi).
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
Gollar: S. Abdullaev (19, 54), Z. Tojiev (21), I. Inomov (83) – D. Abdurahmonov (50), O. Zoteev (72).
Ogohlantirishlar: A. Fomenko (74) – T. Ayzatulov (39), B. Yuldashev (42), S. Shoahmedov (82).
Eng yaxshi o`yinchilar: S. Abdullaev – D. Abdurahmonov.

«Buxoro» (Buxoro) – «Dinamo» (Samarqand) – 2:0. 12151 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), N. Qosimov (Qarshi).
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: B. Vahobov (37,64).
Ogohlantirishlar: A. Xvostunov (67), D. Otaqulov (ikkisi ham - «Dinamo», 70).

«Sho`rtan» (G`uzor) – «Andijon» (Andijon) – 6:1. 6821 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Tseytlin (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Mironov (Toshkent), O. Tuychiboev (Farg`ona).
Nazoratchi: R. Mo`minov (Toshkent).
Gollar: I. Taran (20, 60), B. Qodirqulov (29), F. Tojiev (52), P. Agbo (57), I. Xazigaliev (77) – M. Hayitov (55).
Ogohlantirish: H. Karimov («Sho`rtan», 62).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. Taran – R. Rahmonov.

«Qizilqum» (Zarafshon) – «Mash`al» (Muborak) – 1:1. 3116 tomoshabin.
Hakamlar:
S. Zaylobiddinov (Farg`ona), M. Sharipov (Buxoro), A. Qo`ldoshev (Buxoro), R. Toshmuhamedov (Nukus).
Nazoratchi: I. Nexochin (Namagan).
Gollar: G`. O`runov (66) – G. Sapargaliev (79).
Ogohlantirishlar: I. Ilin (90+4) – I. Petkovich (41), M. G`ofurov (52)
Eng yaxshi o`yinchilar: G`. O`runov – G. Sapargaliev.

cola
apex
mib
mib
mib
mib