Yoshlar Birinchiligida 16-tur uchrashuvlari yakuniga etdi.
Turning birinchi kun o`yinlarida musobaqa peshqadami «Qizilqum» o`z maydonida «Mash`al» yoshlariga 4:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Shundan so`ng 2-o`rinda borayotgan «Paxtakor» yoshlarida musobaqa yakkapeshqadamiga aylanib olish imkoni paydo bo`lgandi.
«Paxtakor»ning mehmonda, musobaqa jadvalida 12-o`rinda borayotgan «Navbahor»ga qarshi o`yini 2:1 hisobi bilan yakunlandi va unda maydon egalari g`alaba qozonishdi. Shunday qilib, «Qizilqum» va «Paxtakor» orasidagi ikki ochkolik farq saqlanib qoldi.
«Neftchi» klubi yoshlari esa «Andijon»ning safarda «Sho`rtan»ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berganidan foydalanib qolishdi. «Bunyodkor»ga qarshi o`yinda farg`onalik futbolchilar 2:1 hisobida g`alaba qozondi.
Yoshlar Birinchiligi, 16-tur uchrashuvlari
17 avgust, juma
«Metallurg» (Bekobod) – «Nasaf» (Qarshi) – 1:2. 351 tomoshabin.
Hakamlar: V. Najafaliev (Toshkent), Z. Abdurahmanov, B. Umarov, Sh. Boboqulov.
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
Gollar: Sh. Norbekov (31) – F. Sayfiev (21), N. Sanaqulov (52).
Ogohlantirish: M. Fayzullaev («Metallurg», 75).
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Neftchi» (Farg`ona) – 1:2. 54 tomoshabin.
Hakamlar: D. Pislegin (Toshkent), F. Yormuhamedov, U. Oxunjonov, A. Rubakov.
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Gollar: Z. O`rinboev (45) – G`. Jumaev (41), O. Zokirov (65).
Ogohlantirishlar: K. Tojiboev (22), X. Asqarov (32), A. Rahmatullaev (34) – I. Boboxonov (78), O. Zokirov (78), X. Buvatoev (81).
«Navbahor» (Namangan) – «Paxtakor» (Toshkent) – 2:1. 113 tomoshabin.
Hakamlar: B. Yulcharaev (Guliston), R. Fozilov, E. Tursunov, Sh. Bozorov.
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
Gollar: M. Rahmonov (41), B. To`raboev (55) – A. Yusupov (64).
Ogohlantirishlar: B. To`raboev (56), E. Nizomboev (72) – M. Fomin (37), A. Aliev (63).