Oliy Liga. 16-tur. Diskvalifikatsiya qilinganlar

17.08.2012

Oliy Liga. 16-tur. Diskvalifikatsiya qilinganlar

Sariq kartochkalari soni to`rttaga etgani munosabati bilan 16-tur o`yinlarini to`rt nafar o`yinchi o`tkazib yuboradi.

17 avgust kuni start oladigan 16-tur o`yinlarida, «Sho`rtan» – «Andijon» uchrashuvida mehmonlar yarim himoyachi Otabek Valijonovning xizmatidan foydalana olishmaydi.

Tur o`yinlari 18 avgust kuni davom ettiriladi. Shu kuni «Neftchi»ga qarshi o`yinda «Bunyodkor» hujumchi Shavkat Salomovdan foydalana olmaydi. «Navbahor» hamda «Paxtakor» o`yinida har ikki jamoada ham bittadan yo`qotish bor: maydon egalari tarkibida Rustam Boqiev o`yinni o`tkazib yuborsa, mehmonlardan himoyachi Ilhom Suyunov o`yinda ishtirok eta olmaydi.

Oliy Liga, 16-tur uchrashuvlaridan diskvalifikatsiya qilinganlar
Shavkat Salomov («Bunyodkor»)
Ilhom Suyunov («Paxtakor»)
Rustam Boqiev («Navbahor»)
Otabek Valijonov («Andijon»)

cola
apex
mib
mib
mib
mib