Oliy Liga 16-tur uchrashuvlarini boshqarib boruvchi hakamlar nomi ma`lum bo`ldi.
17-18 avgust kunlari O`zbekiston Oliy Ligasi 16-tur o`yinlari bo`lib o`tadi. 17 avgust kuni Toshkentda o`tkaziladigan «Lokomotiv» – «Olmaliq» uchrashuvini Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
15-turda «Paxtakor» hamda «Bunyodkor» jamoalari o`rtasidagi «Toshkent derbisi»da ishlagan Valentin Kovalenko bu safar ikki ko`hna shahar – Buxoro va Samarqand jamoalari o`rtasidagi o`yinda hakamlik qilsa, turning qiziqarli o`yinlaridan biriga aylanishi kutilayotgan «Bunyodkor» – «Neftchi» o`yinini Baxtiyor Namozov boshqarib boradi.
«Navbahor» va «Paxtakor» jamoalari o`rtasidagi o`yin esa sentyabr oyida Tailandga safar qilishi kutilayotgan Olimjon Tolibjonov boshchiligidagi hakamlar brigadasiga ishonib topshirilgan.
Oliy Liga, 16-tur uchrashuvlari
17 avgust, juma
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Olmaliq» (Olmaliq)
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), V. Lushin (Guliston), Sh. Ro`ziqulov (Qashqadaryo viloyati).
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
«Buxoro» (Buxoro) – «Dinamo» (Samarqand)
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), N. Qosimov (Qashqadaryo viloyati).
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
«Sho`rtan» (G`uzor) – «Andijon» (Andijon)
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Mironov (Toshkent), O. To`ychiboev (Farg`ona).
Nazoratchi: R. Mo`minov (Toshkent).
«Qizilqum» (Zarafshon) – «Mash`al» (Muborak)
Hakamlar: S. Zaylobiddinov (Farg`ona), M. Sharipov (Buxoro), A. Qo`ldoshev (Buxoro), R. Toshmuhamedov (Nukus).
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan viloyati).
18 avgust, shanba
«Metallurg» (Bekobod) – «Nasaf» (Qarshi)
Hakamlar: B. Tog`aev (Toshkent), R. Shoyahmetov (Toshkent), O. Dachev (Toshkent), V. Najafaliev (Toshkent).
Nazoratchi: R. Serazitdinov (Toshkent).
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Neftchi» (Farg`ona)
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), B. Norsafarov (Qashqadaryo viloyati), X. Mirzaahmedov (Toshkent viloyati), D. Pislegin (Toshkent).
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
«Navbahor» (Namangan) – «Paxtakor» (Toshkent)
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent viloyati), R. Serazitdinov (Toshkent), B. Yulcharaev (Sirdaryo viloyati).
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).