Oliy Liga. «Navbahor» Andijonda g`alaba qozondi

10.08.2012

Oliy Liga. «Navbahor» Andijonda g`alaba qozondi

Oliy Liga 15-tur o`yinlari yakuniga etdi. Turning dastlabki o`yinlari 8 va9 avgust kunlari o`tkazilgan edi.

Oliy Liga 15-tur o`yinlari «Andijon» va «Navbahor» jamoalari o`rtasidagi o`yin bilan yakuniga etdi. Andijonda bo`lib o`tgan o`yinda omad mehmonlarga kulib boqdi. Sobir Hamidov tomonidan kiritilgan o`yinning birinchi bo`limida kiritilgan yagona gol «Navbahor»ga muhim g`alabani keltirdi.

Ushbu g`alabadan so`ng «Navbahor» ochkolari sonini 18taga etkazib, 9-o`ringa mustahkam joylashib olgan bo`lsa, musobaqa autsayderlaridan biri bo`lib turgan «Andijon» 12 ochko bilan 13-o`rinda bormoqda.

Navbatdagi, 16-tur uchrashuvlari 17-18 avgust kunlari o`tkazilishi rejalashtirilgan.

cola
apex
mib
mib
mib
mib