9 avgust kuni Oliy Liga 15-turidan o`rin olgan to`rtta uchrashuv bo`lib o`tdi. Tur 8 avgust kuni start olgan edi.
Turning markaziy uchrashuvi Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida bo`lib o`tdi. 11802 nafar tomoshabin kuzatib borgan «Paxtakor» va «Bunyodkor» jamoalari o`rtasidagi o`yin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi.
Uchrashuvning birinchi bo`limida «Bunyodkor»ning hujumkor yarim himoyachisi Shavkat Salomov hisobni ochgan bo`lsa, ikkinchi bo`limda «Paxtakor» yarim himoyachisi Stanislav Andreev penaltidan hisobni tenglashtirdi. Penalti belgilangan vaziyatda «Bunyodkor» himoyachisi Xayrulla Karimov o`yin qoidasini buzgan edi, shu sabab, ikkinchi ogohlantirishdan so`ng, u maydondan chetlatildi.
Qolgan uch o`yinning ikkitasida mehmonlar, faqat bittasida mezbonlar g`alaba qozonishdi. «Neftchi» o`z maydonida «Metallurg» darvozasiga javobsiz to`rtta gol urgan bo`lsa, Samarqandga safar qilgan «Olmaliq» jamoa etakchisi Evgeniy Gogolning yagona goli evaziga uch ochko bilan uyga qaytdi. «Mash`al» hamda «Sho`rtan» o`rtasidagi «Qashqadaryo derbisi» esa 3:1 hisobida g`uzorliklar foydasiga hal bo`ldi.
Oliy Liga, 15-tur uchrashuvlari
9 avgust, payshanba
«Mash`al» (Muborak) – «Sho`rtan» (G`uzor) – 1:3. 1811 tomoshabin.
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), B. Qodirov (Buxoro), X. Shodmonov (Buxoro), S. Ivlev (Navoiy).
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: S. Shodmonov (67, penalti) – A. Mo`minov (8, avtogol), F. Tojiev (65, penalti), I. Taran (86).
Ogohlantirishlar: I. Petkovich (21), D. Vaniev (45), G. Sapargaliev (90+1), S. Shodmonov (90+6) – A. Aliqulov (66), F. Tojiev (73).
Eng yaxshi o`yinchilar: S. Shodmonov – Adamo Soro.
«Paxtakor» (Toshkent) – «Bunyodkor» (Toshkent) – 1:1. 11802 tomoshabin.
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), V. Najafaliev (Toshkent).
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
Gollar: S. Andreev (70, penalti) – Sh. Salomov (15).
Ogohlantirishlar: I. Suyunov (16), K. Maxaradze (66), E. Krimets (68) – Sh. Salomov (45), X. Karimov (68).
Chetlatish: X. Karimov (ikkinchi ogohlantirish, 69).
Eng yaxshi o`yinchilar: S. Andreev – V. Karpenko.
«Neftchi» (Farg`ona) – «Metallurg» (Bekobod) – 4:0. 12321 tomoshabin.
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), E. Zakutilin (Navoiy), N. Ro`zimov (Urganch), Sh. Po`latov (Toshkent).
Nazoratchi: V. Shtern (Toshkent).
Gollar: B. Yoqubov (8), Sh. Hakimov (26, 88), A. Berdiev (39).
Ogohlantirishlar: D. Ermatov (53) – S. Akbarov (10), D. Karimov (41).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Berdiev – H. Hoshimov.
«Dinamo» (Samarqand) – «Olmaliq» (Olmaliq) – 0:1. 6521 tomoshabin.
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), A. Bukatin (Toshkent), T. Abdullaev (Toshkent), O. To`ychibaev (Farg`ona).
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
Gol: E. Gogol (90).
Ogohlantirishlar: A. Xvostunov (90+2) – E. Gogol (39).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Jadigerov – O. Zoteev.