Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

09.08.2012

Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unga asosan quyidagi qarorlar qabul qilindi.

O`zbekiston Kubogi
«Lokomotiv»ga qarshi O`zbekiston Kubogi 1/8 final javob uchrashuvida maydondan chetlatilgan «Neftchi» yarim himoyachisi Mansur Saidov, o`yin to`xtatilgan vaqtda raqibi boshiga qo`l bilan zarba bergani uchun, 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Lokomotiv»ga qarshi O`zbekiston Kubogi 1/8 final javob uchrashuvida maydondan chetlatilgan «Neftchi» yarim himoyachisi Iqbol Akramov raqibiga sha`niga noma`qul fikr bildirgani uchun 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Neftchi»ga qarshi O`zbekiston 1/8 final javob uchrashuvida maydondan chetlatilgan «Lokomotiv» yarim himoyachisi Sadriddin Abdullaev raqib sha`niga noma`qul fikr bildirgani uchun (chetlatilganidan so`ng Abdullaev raqibi qorniga oyog`i bilan qasddan zarba bergan va buning natijasida ikki jamoa futbolchilari o`rtasida mushtlashuv kelib chiqqan), 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

Yoshlar Birinchiligi
«Andijon»ga qarshi 12-tur uchrashuvida maydondan chetlatilgan «Navbahor» himoyachisi Durbek Umaraliev o`yin to`xtatilgan vaqtda raqibi oyog`iga qasddan zarba bergani uchun 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Bunyodkor»ga qarshi 12-tur uchrashuvida maydondan chetlatilgan «Paxtakor» yarim himoyachisi Aram Babayan ishqibozlar sha`niga noma`qul ishora qilgani uchun ikkita o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

Birinchi Liga
«Yangier»ga qarshi 20-tur uchrashuvida maydondan chetlatilgan «Kosonsoy» himoyachisi Alimardon Mirzaev hakam yordamchisi sha`niga noma`qul fikr bildirgani uchun 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Yangier»ga qarshi 20-tur uchrashuvida maydondan chetlatilgan «Kosonsoy» yarim himoyachisi Bobur Karimov hakam yordamchisi sha`niga noma`qul fikr bildirgani uchun 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Chust-Paxtakor»ga qarshi 20-tur uchrashuvida maydondan chetlatilgan «Zomin» hujumchisi Doniyor Ismoilov hakam sha`niga noma`qul fikr bildirgani uchun 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Xiva»ga qarshi 20-tur uchrashuvidan so`ng maydondan chetlatilgan «Nasaf-2» ma`muri F. Fahritdinov hakamlar brigadasini haqorat qilgani uchun jarimaga tortildi.

«Neftchi»ga qarshi 21-tur uchrashuvida maydondan chetlatilgan «Zomin» yarim himoyachisi Bahodir Akramov to`pga egalik qilayotgan raqibining qorniga qasddan zarba bergani uchun 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Yujanin»ga qarshi 21-tur uchrashuvida maydondan chetlatilgan «Xorazm» himoyachisi Masharipov raqibiga jarohat etkazish maqsadida oyog`i bilan qasddan oyog`iga zarba bergani uchun 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Chust-Paxtakor»ga qarshi 22-tur uchrashuvida maydondan chetlatilgan «Paxtakor-2-Chilonzor» himoyachisi Azamat Abdullaev bosh hakam sha`niga noma`qul fikr bildirgani uchun 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Nasaf-2»ga qarshi 22-tur uchrashuvida maydondan chetlatilgan «Mash`al-Akademiya» darvozaboni G`anisher Xolmurodov bosh hakam sha`niga noma`qul fikr bildirgani uchun 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«So`g`diyona»ga qarshi 22-tur uchrashuvida maydondan chetlatilgan «Buxoro-2» himoyachisi Aziz Yuldashev to`p uchun kurashda raqibiga qo`l bilan zarba bergani uchun 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Xiva»ga qarshi 22-tur uchrashuvida maydondan chetlatilgan «G`allakor-Avtomobilchi» hujumchisi Zafar Narziqulov jamoadoshining qorniga haddan tashqari kuchli zarba bergani uchun 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib