Oliy Liga 15-tur uchrashuvlari start oldi.
8 avgust kuni tur «Qizilqum» – «Lokomotiv» va «Nasaf» – «Buxoro» o`yini bilan ochildi. Zarafshondagi o`yin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etgan bo`lsa, Qarshidagi bahs 3:0 hisobida maydon egalari g`alabasi bilan tugadi.
«Uchrashuv «Nasaf»ning keskin hujumlari bilan boshlandi va 8-daqiqadayoq hisob ochildi. Raqib jarima maydonchasi ichida to`pni qabul qilib olgan Artur Gevorkyan qarshisida turgan yaponiyalik futbolchi Shibamuraning oyoqlari orasidan to`pni darvozaning pasti uzoq burchagiga aniq yo`lladi», - deb yozadi «Nasaf» rasmiy sayti. Keyingi daqiqalar davomida Gevorkyan dublni rasmiylashtirgan bo`lsa, Shishelovning goli hisobni yirik ko`rinishga keltirdi.
«Ikkinchi bo`limda vaziyatni o`nglab olgan temiryo`lchilar uchrashuvning 65 daqiqasida muvozanatni tikladilar. Zayniddin Tojiev penaltidan Pavel Leus darvozasiga gol kiritdi. Ushbu goldan keyin Ravshan Haydarov shogirdlari bir necha bor gol kiritishga harakat qildilar va uchrashuv 1:1 hisobi bilan tugadi», - deb yozadi «Lokomotiv» rasmiy sayti. Uchrashuvda hisobni birinchi bo`limda hujumchi Alisher Xoliqov ochgan edi.
Turning navbatdagi uchrashuvlari 9-10 avgust kunlari bo`lib o`tadi.
Oliy Liga, 15-tur uchrashuvlari
8 avgust, chorshanba
«Qizilqum» (Zarafshon) – «Lokomotiv» (Toshkent) – 1:1. 2378 tomoshabin.
Hakamlar: M. Ismoilov (Toshkent), N. Toshmatov (Farg`ona), A. Usmonov (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi).
Nazoratchi: I. Sharipov (Buxoro).
Gollar: Alisher Xoliqov (28) – Z. Tojiev (61, penalti).
Ogohlantirishlar: A. Agaliev (7), A. Rustamov (49) – I. To`xtaxo`jaev (73).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Vlasichev – A. Xolmatov.
«Nasaf» (Qarshi) – «Buxoro» (Buxoro) – 3:0. 2221 tomoshabin.
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), A. Tsapenko (Toshkent viloyati), D. Karimov (Toshkent).
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
Gollar: A. Gevorkyan (8, 80), V. Shishelov (68).
Ogohlantirishlar: Sh. Sulaymonov (25), B. Vahobov (69), A. Muhitdinov (barchasi - «Buxoro», 79).
Eng yaxshi o`yinchilar: V. Shishelov – Sh. Sulaymonov.