Yoshlar Birinchiligi. «Paxtakor» yirik hisobda yutqazdi

09.08.2012

Yoshlar Birinchiligi. «Paxtakor» yirik hisobda yutqazdi

O`zbekiston Yoshlar Birinchiligida 15-turning navbatdagi o`yinlari bo`lib o`tdi. Tur 7 avgust kuni start olgan edi.

Musobaqa peshqadamlaridan biri hisoblangan Toshkentning «Paxtakor» jamoasi yoshlari bu turda hamshaharlari – «Bunyodkor»ni qabul qilishdi. O`yin mehmonlarning yirik – 3:0 hisobidagi g`alabasi bilan yakuniga etdi. Alibobo Rahmatullaevning dubli hamda Rasul Shuhratovning goliga paxtakorchilar biror marta javob bera olishmadi. Qayd etish joiz, Rahmatullaev xet-trikka ham erishishi mumkin edi, biroq birinchi bo`limda belgilangan penaltidan samarali foydalana olmadi.

Turning, hozircha, eng yirik hisobi Muborakda bo`lib o`tgan «Mash`al» - «Sho`rtan» o`yinida qayd etilgan bo`lsa (4:0), «Neftchi» – «Metallurg» o`yinida maydon egalari kichik hisobda zafar quchishdi (2:1). «Dinamo» – «Olmaliq» bahsida esa, olmaliqliklar birinchi bo`libni hisobni ochganliklariga qaramay, so`nggi daqiqalarda mag`lubiyatdan qutulib qolishdi (2:2).

Turning so`nggi uchrashuvi 9 avgust kuni bo`lib o`tadi. Unda «Andijon» – «Navbahor»ni qabul qiladi.

Yoshlar Birinchiligi, 15-tur uchrashuvi
8 avgust, chorshanba
«Mash`al» (Muborak) – «Sho`rtan» (G`uzor) – 4:0. 148 tomoshabin.
Hakamlar:
S. Ivlev (Navoiy), F. Norsafarov, S. Sattorov, N. Qosimov.
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: I. Shomurodov (7, 20), B. Davlatov (37), I. Toshpo`latov (49).
Ogohlantirishlar: S. Rahmonov (43) – Yu. Bo`riev (43).

«Paxtakor» (Toshkent) – «Bunyodkor» (Toshkent) – 0:3. 583 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Najafaliev (Toshkent), R. Nugmanov, T. Gaynulin, D. Pislegin.
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
Gollar: R. Shuhratov (26), A. Rahmatullaev (47, 64).
18-daqiqada A. Rahmatullaev («Bunyodkor») penaltidan foydalana olmadi.
Ogohlantirishlar: M. Fomin (18), A. Alimov (66), A. Yusupov (90+2) – Z. Nurmatov (80).

«Neftchi» (Farg`ona) – «Metallurg» (Bekobod) – 2:1. 350 tomoshabin.
Hakamlar:
Sh. Po`latov (Toshkent), D. Hakimov, S. Rahmonov, R. Kopadze.
Nazoratchi: V. Shtern (Toshkent).
Gollar: O. Zokirov (2), X. Buvatoev (22) – M. To`ychiboev (60).
Ogohlantirishlar: I. Akramov (50), N. Xaipov (85), O. Zokirov (78) – B. Shodiev (67).

«Dinamo» (Samarqand) – «Olmaliq» (Olmaliq) – 2:2. 203 tomoshabin.
Hakamlar:
O. To`ychibaev (Farg`ona), Sh. Qamarov, S. Hakimov, A. Axtamov.
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
Gollar: X. Usmonov (23), U. Nabiev (72) – D. Turopov (3), F. Nurliboev (88).
Ogohlantirishlar: I. Xolmirzaev (30), S. Boymamatov (86) – Z. To`raev (16), S. Hamroev (45), Sh. Mullajonov (53).

cola
apex
mib
mib
mib
mib