O`zbekiston Birinchiligi. «Qizilqum» yana peshqadam bo`lib oldi

08.08.2012

O`zbekiston Birinchiligi. «Qizilqum» yana peshqadam bo`lib oldi

O`zbekiston Birinchiligi 15-turidan o`rin olgan ikkita o`yin bo`lib o`tdi.

Har ikkala o`yin ham mezbonlar g`alabasi bilan yakuniga etdi. «Nasaf» Nodir Sanaqulovning yagona goli evaziga «Buxoro»ni mag`lubiyatga uchratgan bo`lsa, «Qizilqum» «Lokomotiv»ni 3:1 hisodiba engib, musobaqa jadvalida, kamida bir kunga, peshqadam bo`lib oldi.

Turning qolgan o`yinlari 8 va 9 avgust kunlari bo`lib o`tadi. Chorshanba kuni «Mash`al» – «Sho`rtan», «Paxtakor» – «Bunyodkor», «Neftchi» – «Metallurg», «Dinamo» – «Olmaliq» o`yinlari bo`lib o`tsa, payshanba kuni bo`lajak «Andijon» – «Navbahor» o`yini bilan tur yopiladi.

O`zbekiston Birinchiligi, 15-tur uchrashuvlari
7 avgust, seshanba
«Qizilqum» (Zarafshon) – «Lokomotiv» (Toshkent) – 3:1. 179 tomoshabin.
Hakamlar:
A. Kalinin (Qarshi), O. Jumaev, R. Samandarov, A. Eshbo`taev.
Nazoratchi: I. Sharipov (Buxoro).
Gollar: I. Rogovanov (16, 34), F. Boboqulov (89) – B. Tillaboev (64).
Ogohlantirishlar: F. Nishonov (72), F. Boboqulov (83), F. Qambarov (90+3) – S. Ahmadkarimov (29), I. Aliboev (37), A. Gapparov (45+1).

«Nasaf» (Qarshi) – «Buxoro» (Buxoro) – 1:0. 265 tomoshabin.
Hakamlar:
D. Karimov (Toshkent), S. Sattorov, F. Norsafarov, N. Qosimov.
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
Gol: N. Sanaqulov (29).
Ogohlantirishlar: S. Baratov (10) – M. G`ulomov (27), M. Rahimov (32), I. Xayrov (83).

cola
apex
mib
mib
mib
mib