Olmaliqdagi «Metallurg» stadioni qurilish ishlari davom etmoqda

08.08.2012

Olmaliqdagi «Metallurg» stadioni qurilish ishlari davom etmoqda

«2011-2013 yillarda respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirish chora-tadbirlar Dasturi»ga muvofiq, Olmaliqda yangi stadion qurilishi ishlari olib borilmoqda.

2012 yilgi Oliy Liga bahslari 14-turidan o`rin olgan «Metallurg» – «Paxtakor» o`yini bilan Bekobodda yangi – «Metallurg» stadioni ochilishi bo`lib o`tdi. Xuddi shu vaqtda esa Toshkent viloyatining boshqa bir shahri – Olmaliqda ham «Metallurg» nomli stadion qurilishi ishlari davom etmoqda.

12 ming tomoshabinga mo`ljallangan bu stadion katta bir sport majmuasining bir qismi bo`lishi ko`zda tutilgan va 2013 yilning mart oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda.

Tashkilotchilarning so`zlariga ko`ra, stadion OFK Chempionlar Ligasining barcha talablariga javob bera oladigan holatda bo`ladi. Unda jurnalistlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo`lib, o`yindan keyingi jarayonlar (mikst-zona, matbuot anjumani zali)ning ham Reglamentlarda ko`rsatilgandek kechishi choralari ko`rilgan.

«Olmaliq» futbol klubi muxlislari 2013 yildan boshlab sevimli jamoalarining o`yinlarini kechki vaqtda bemalol tomosha qilishlari ham mumkin bo`ladi. Yangi stadiondagi yoritkichlarning quvvati 1200 lyuksdan kam bo`lmasligi ma`lum qilindi (bu esa, o`z navbatida, OFK Chempionlar Ligasi talablariga aynan mos keladi). Shu kunlarda yoritkichlar joylashtiriladigan mayoqlar o`rnatib chiqildi.

Quyida Olmaliqdagi stadion qurilishi maydonidan olingan fotosuratlar bilan tanishib chiqish mumkin.


Hozir stadionga kirishda shunday manzarani ko`rish mumkin.


Yoritkichlar joylashtiriladigan mayoqlarni o`rnatish ishlari yakuniga etgan.


Stadionda yugurish yo`laklari ham bo`ladi.


Markaziy tribuna to`rt qavatdan iborat.


Ayni vaqtda tribunalar joylashtirib chiqilmoqda.


So`ngra o`rindiqlarni joylashtiriladi.


Stadion yuqoridan shunday ko`rinadi.


Stadion qurilish ishlari 2013 yilning mart oyida yakuniga etadi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib